Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot

Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot - rasmi

Material tavsifi

Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot Reja: 1.Oilada muloqot 2.Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to'siqlar 3.Oilaviy munosabatlar 4.yer-xotin munosabatlarining o'ziga xosligi 5.yer-xotinlik munosabatlari Har qanday jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi. Islom Karimov Oilada muloqot Odamlar o'rtasidagi muloqot va uning umumiy qonuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida boshqa odamlar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli, irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokati va shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan xislatlardir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og'rig'i, nevroz, insult, infarqt va boshqa turli kasalliklar, shuningdek, ichqilikka, giyohvand moddalarga ruju qo'yish, hatto o'z joniga qasd qilish kabilar ham shu muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono Ezop o'z xo'jayinining «Menga avval dunyodagi eng mazali, shirin taomni keltir va undan so'ng aksincha, eng bemaza, yaramas taomni keltir», - deb buyurganida, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qanday foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo'lishi yoki aksincha, eng fojiali bo'lishi ham mumkin. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar kundalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining ortib borishi, odamlar turmush tarzining jadallashuvi, ularning ruhiy zo'riqish va ta'sirchanligining kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda muloqot madaniyatining yuqori darajada bo'lishini taqazo etadi. Muloqot madaniyati. Muloqot madaniyatiga birinchidan, o'z-o'zini bilish va boshqa odamlarni tushuna olish qobiliyati, ya'ni ularning psixologik xususiyatlarini to'g'ri baholay olish, ikkinchidan, ularning xulqi va holatlariga nisbatan mos (adekvat) munosabat bildira olish, uchinchidan, har bir odamga nisbatan uning shaxsining individual xususiyatlariga eng ma'qul keladigan muloqot shakli, usuli va stillarini tanlay bilish kiradi. Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk yoshlikdan boshlab boshqa odamlarga hurmat va samimiyat bilan munosabatda bo'lishni, ularga hamdardlik, insonparvarlik, mehribonlik qilish qobiliyatlarini shakllantirib borish kerak bo'ladi. Muloqot eng avvalo odamni odam tomonidan idrok qilishidan boshlanadi, unda dastlabki o'zaro baholash amalga oshadi, dastlabki hissiy-intellektual munosabatlar shakllanadi va shundan so'ng tegishli muloqot shakli amalga oshiriladi. Bu jarayonda odam haqidagi ma'lumot, idrok etilayotgan odamning hayotiy tajribasi, u yoki bu munosabat shaklini yoqtirishi yoki yoqtirmasligini yuzaga keltiradigan bevosita emotsional munosabatlar muhim rol o'ynaydi. Muloqotda buyruq ohangining ustunligi, do'q-po'pisa bilan keskin shaklda muomalada bo'lish, suhbatdosh nomiga tez-tez bildirilib turiladigan e'tirozlar, uning xatti-harakati va fikrlaridan norozilikni ifodalash, yo'l bermaslik va tajovuzkorlikni namoyon qilish, oilada o'zaro raqobat (yoki hukmronlik-bo'ysinuvchanlik) munosabatlarini yuzaga keltiradi. Befarqlik, e'tiborsizlik, qo'pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar oiladagi samimiy muloqotga putur yetkazadi. Agar aksariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o'zaro kelishuvli savol-javoblardan, o'z niyat-istaklarini, xatti-harakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan foydalanilsa, oilada o'zaro yordam, o'zaro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.23 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.23 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga