Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari

Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Oilaning hayotiy tarzi va ziddiyatlari Oilaning hayotiy tarzi uning hayotiy sikli, tutimi bilan bog'liq. Ayrim olimlar, masalan, V.Satir zamonaviy oilaning bola tarbiyasi va uning manfaatlariga bog'liq ekanligidan kelib chiqib, bu maskandagi hayot maromi va tutimini bola rivojlanishining bosqichlari bilan bog'laydi. Shunga ko'ra, quyidagi bosqichlar farqlanadi: 1-bosqich. Aksariyat olimlar oiladagi hayot sikli ikki yoshning uzoq muddatga ahdu-paymon qilib nikohga kirishga qaror qilgan onlaridanoq boshlanishini ta'kidlaydilar. Boshqa mualliflarning fikricha, oilaning boshlang'ich nuqtasi ikki shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko'pchilikning guvohligida o'tkazilgan tantanalar bilan izohlanadi. 2-bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi oqibatida zurriyodning paydo bo'lishi. Satirning fikricha, zurriyodning paydo bo'lishi, tug'ilishi yer va xotinning asl munosabatlarini sinovdan o'tkazadi va ular o'ziga xos yangicha munosabatlar davrini boshdan kechira boshlaydilar. Bu davrga asosiy mazmun va ma'no beruvchi voqea - bu yer va xotinga yangi rollarning berilishi, anchagina katta ijtimoiy mas'uliyatni o'ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir. Ko'plab xalqlarda, ayniqsa, o'zbeklarda bolaning dunyoga kelishi juda katta quvonchli marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab kelinmoqda. Masalan, bola tug'ilishi bilan bog'liq suyunchi marosimlari, aqiqa, beshik soldi, sunnat va beshik to'ylari kabilar shular jumlasidandir. Shunga qaramay, ayrim xalqlarda, masalan, Yevropaxalqlarida oilada farzandning tug'ilishi muayyan tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan kechiradigan emotsional hayajonlar, yaqinlariga ijtimoiy va moliyaviy tashvishlarni keltirib chiqaradiki, bu ham ba'zan oilaviy munosabatlardagi tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand oldidagi bunday mas'uliyatlar ayrim hollarda yer-xotin munosabatlarining darz ketishiga, ba'zan ajrimlarga, bizning sharoitimizda quda-andachilik munosabatlaridagi kelishmovchiliklarga ham sabab bo'ladi. 3-bosqich. Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar - maktabgacha ta'lim muassasalari, ayniqsa, uzluksiz ta'limning boshlang'ich o'chog'i hisoblangan maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday maskanki, u yerda har bir bolaning qay darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o'tadi. Chunki u endi nafaqat o'zi tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko'chadagi turli toifali insonlar bilan muomalaga kirisha boshlaydi. Bu muomala jarayonida uning qanchalik hayotga tayyorligi, oilasida qanday axloqiy va ma'naviy o'gitlarni olganligi, kimning bolasi ekanligi, oilaviy muhiti qandayligi bilina boshlaydi. Eng muhimi - maktabga kelgach, bolaning aqliy va intellektual salohiyati, intizomi tekshiruvdan o'tadi. YA'ni, bolasini maktabga berar ekanlar, ota-onalar ham jamoatchilik oldida o'ziga xos sinov va tekshiruvdan o'tayotganday his qiladilar o'zlarini. Yaxshi yoki yomon ota-onalik rollari maktab yillarining dastlabki oy va yillarida bilingani sababli, ko'pgina ota-onalar ayni shu davrlarda kuchli stressni boshidan kechiradilar. 4-bosqich. Bola o'smirlik davriga qadam bosganda, u ota-onasidan mustaqillikni, hadeb ta'qib qilavermaslikni da'vo qila boshlaydi. Ota-onaning farzand oldidagi obro'si, kerakligi darajasi pastlay boshlaydi. Bu davrga kelib ota ham, ona ham o'zining farzandiga nisbatan munosabatlarini o'zgartirishga majbur bo'ladi, chunki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.23 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.23 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga