Oilaning milliy xususiyatlari

Oilaning milliy xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilaning milliy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Oilaning milliy xususiyatlari Reja: 1. O'zbek oilasining etnopsixologyasi. 2. Oila tarbiyasi va ma'naviyat. 3. Oila va bola. UZBYeK OILASINING ETNOPSIXOLOGIYaSI. xar bir millat o'ziga xosligi, milliy madaniyati, milliy adabiyoti milliy tili va shu millatning ruhiy (ma'naviy) tarzining majmuasida, yani milliy ruhiyatida o'z ifodasini topadi. O'zbek xalqining o'z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xarakteri, milliy tuyg'usi, mijozi (temperamenti), xulk-atvori, axloqi, didi, tabi alohida ajralib turadi. O'zbek millatining bilish jarayonlari, qobiliyatining aniq yo'nalishiga qaratilganligi, ehtiyoji va kizikishi, milliy ongi o'ziga xos xususiyatlarga egadir. O'zbek xalqining tarixiy an'analari, urf-odatlari, udumi, rasm-rusmlari, axloq me'yori, turmush ma'naviy qadriyatlari, shaxslararo munosabati, muloqot maromi va xususiyati boshqa kardosh xalqlarnikidan malum darajada tafovutlanadi. Masalan, o'zbek xalqi xarakterida andishalik, xushmuomalik, shirinsuxanlik, mexmon kutishdagi kuli ochiqlik va saxiylik odatlari mavjud. Shuning bilan birga, sabr-kosasi tulgach, zuravonlarga nisbatan ayovsiz bo'lish, yurgan yo'lidan ortga qaytmaslik, isyonkorlik, bir so'zlik odati xam xalqimiz uchun xosdir. Miliy xarakter muayyan millat fazilatlarining o'ziga xos xususiyatlarining majmuasidan iborat bo'ladi. Milliy xarakter o'z ichiga irodaviy sifatlarni (mustaqillik, chidamlik, prinsipiallik, o'z-o'zini tuta bilish, katiylik, matonat kabilarni) va axloqiy xislatlarni (poklik, intizomlilik, samimiylik, xakkoniylik, insonparvarlik va boshqalarni kamrab oladi. Shuningdek milliy xarakter odamlarga bo'lgan munosabatlarni (yaxshilik, mexribonlik, talabchalik, takabburlik), mehnatga bo'lgan munosabatlarni (mehnatsevarlik yoki yalkovlik, mas'uliyatlilik yoki mas'uliyatsizlik), narsalarga bo'lgan munosabatlarni (ozadalik, ifloslik, tejamkorlik-isrofgarchilik, ayash yoki ayamaslik) va odamlarning o'z-uziga bo'lgan munosabatlarni (izzat-nafslilik, shuxratparastlik, magrurlik, o'zini katta tutish, dimogdorlik, kamtarlik) kabi xususiyalarni ifodalaydi. Milliy o'z-o'zini anglash odamning ijtimoiy etnik umumiylikka (birlikka) mansubligida, ijtimoiy sohadagi munosabatlarda o'z millatining egallagan mavkeini yakkol tasavvur kilganida, milliy manfaatdorligida yorkin ifodasini topadi. Oilaviy ta'sir (oila turmush tarzi, ota-ona nufuzi, oilada shaxslararo munosabatlar maromi), milliy til muhiti, ma'naviyatga intilish (kizikish), turmushdagi karindosh-urugchilik rishtasi yordamida o'z-o'zini anglash namoyon bo'ladi. OILA TARBIYaSI VA MA'NAVIYaT. Dunyodagi barcha mavjudot juft-juft etib yaratilgani aniq bo'lib, juft bo'lib yashash zamirida hayotning davomiyligi yotadi, inson uchun esa nafaqat juft bo'lib yashash, balki oila ko'rib yashash baxtiga musharraf bo'lgan insonning jamiyatdan xam odamlar tomonidan, xam Ollox Taolo tomonidan muqaddas etib, eng oliy pogoniga qo'yilganligiga xam bir asosdir. Chunki jufti-haloli, farzandlari va karindosh uruglar bilan bir umr uzilmas rishtalar ila boglanib yashash fakat insongagina xos fazilatdir. Inson oilada dunyoga keladi. Murgak farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni kabul qilib oladi, balki u hayotda odamzotga xos bo'lgan barcha xatti-harakat, ko'nikma, malaka hamda odob-axloq qoidalarini xam o'z oilasida egallaydi, kamol toptiradi. Insonning xam jismoniy, xam ma'naviy-ruhiy kamoloti albatta oiladan boshlanadi. Farzand ota-ona jismidan hosil bo'lgan yangi bir hayot, ota-onaning takrorlanuvchi bolaligi, yoshligi navkironligi va barkamolligidir. Farzand oilani mustahkamlovchi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.92 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.92 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga