Oilaning turmush tarzi olimlar talqinida Reja: Oila energetikasi Oilaviy munosabatlar tizimi Oilaning funksional xususiyatlari Oilaning chegarasi va hududi yer-xotin tizimi Ota-onalar tuzilmasi Aka-opa-ukalar tuzilmasi Muammoli oilalar Ko'p farzandli oila Distant oila yoki akkordeon Noto'liq oila Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini o'rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir (1992, 200) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi tushunchalarni ishlatadi: oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funksional xususiyatlari. Bu bilan u kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga texnologik metodologiyani tadbiq etishga urinadi. Bunday yondashuv XX asr o'rtalariga xos bo'lib, u tufayli olim oilani tushunish borasida nafaqat yangi yo'nalishga asos soldi, balki uni davolash, bu boradagi tibbiy muammolarni ham o'rganishni boshlab berdi. Oila energetikasi tushunchasi o'z ichiga ko'plab jabhalarni xususan, oilaning tibbiy-biologik xususiyatlaridan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi omillar, ekologik shart-sharoitlardan boshlab, tiriklikning mezonlari bo'lmish ovqatlanish hamda har bir oila a'zosining xatti-harakatlarining namoyon bo'lishigacha qamrab oldi. Oilaviy hayotning psixologik energetikasini tavsiflash uchun Satir oilaning emotsional qozoni tushunchasini ishlatadi, ya'ni, oila a'zolarining kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u go'yoki bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashida namoyon bo'ladigan hissiyotlar ko'zgusiday tasavvur etadi. Bu qozondagi his-kechinmalar hayotning muayyan davrlarida o'ta jo'shqin va boy bo'lsa, boshqa bir davrda mazmunan tor yoki tarang ham bo'lishi mumkin. Oila a'zolarining bir birlariga mehr-muhabbati, yaqinligi, hamkorligi ma'lum davrlarda kuchli ijobiy bo'lsa, boshqa davrda kimnidir kimdandir tobeligi bois yoki kimningdir qattiqqo'lligi bois torroq, mazmunsizroq bo'lishi ham ko'zatiladi. Oilaviy munosabatlar tizimi - Satir ta'rifida oila a'zolarining muayyan rollar doirasida u yoki bu holatlarda o'zligini namoyon etishi yoki ijrosi emas, balki, bu har bir oilaga xos bo'lgan o'zaro munosabatlar xaritasidir. Masalan, biror oilaga yordam bermoqchi bo'lgan terapevtga ayni shu xarita kerak, chunki u real a'zolarning real o'zaro munosabatlarini boshqachasiga tasavvur etishi mushkul. Bu xaritaga ayni shu oila a'zolaridan tashqari, ularning yaqinlarining ta'siri ham kiradi. Masalan, agar erkak kishi oilada qandaydir ajrab qolgan bo'lib, xotini va farzandlari bilan yashagan taqdirda ham uning xotiniga bo'lgan real munosabatlariga boshqa uyda yashaydigan onasining ta'siri bo'lsa, demak, oilaviy munosabatlar xaritasida qaynonaning ta'siri ham albatta nazarda tutilishi shart. Yoki birinchi nikohidan ajralgan ayol sobiq yerining farzandi bilan birga yashayotganligi bois, hamisha uni eslab turishi, bolasining istagiga ko'ra, sobiq yeri bilan ko'rishib turishi, hattoki, moliyaviy jihatdan unga tobe ham bo'lishi mumkin. Bu, tabiiy, ayni paytda real oilaviy munosabatlarga ta'sir etmay qolmaydi. Oilaning funksional xususiyatlari - bu oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlarning sifatiy taraflarini tavsiflaydi. Masalan, muloqot uslublari; har bir oilaga xos bo'lgan tartib-qoidalar; o'zaro muloqot jarayonida ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.82 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.82 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: doc