Oilaviy hayot psixologiyasining fanlar tizimida tutgan o'rni. Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari

Oilaviy hayot psixologiyasining fanlar tizimida tutgan o'rni. Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilaviy hayot psixologiyasining fanlar tizimida tutgan o'rni. Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Oilaviy hayot psixologiyasining fanlar tizimida tutgan o'rni. Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari Reja: Oila psixologiyasi fan sifatida Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari Kuzatish metodi Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi So'rov metodi Eksperiment Statistik metodlar Oila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog'i sifatida XX asrning oxirlariga kelib shakllangan. XXI asrga kelib esa uning inson hayotidagi ahamiyati va jamiyat ma'naviyatini barqarorlashtirishdagi roli yanada sezila boshladi. Zero, dunyoning qator mamlakatlari, jumladan, rivojlangan davlatlarda ham oila va nikoh munosabatlaridagi bo'hron, psixoterapevtlar yordamiga muhtojlik kabi holatlar ushbu maskanning muammolarini o'rganish va shu yo'nalishda maqsadli tadqiqotlar, ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirish lozimligini uqtirmoqda. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi va ushbu masalaga qarashlar tarixidan shu narsa ayon bo'ldiki, inson, uning kim bilan va qanday yashashi muammosiga qiziqish qanchalik uzoq o'tmishga borib taqalsa, oila psixologiyasining fan tarmog'i sifatida shakllanishi shunchalik navqiron va yosh bo'lib, uning shakllanishi yangi davrga to'g'ri keladi. Oila psixologiyasi fan sifatida oilaning ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining obyektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh-urug'chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda oila a'zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo'lishini o'rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy tarmog'i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlarning - mehribonlik, g'amxo'rlik, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik, bo'ysunish, yetakchilik kabi o'ziga xos qirralarini, oilaviy rollar taqsiomtiva va o'zaro ta'sirning jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va farzandlar, yaqin qarindosh urug'lar o'rtasidagi hissiy-emotsional bog'liqlikni, oilaviy ro'zg'or yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog'liq bo'lgan psixologik jarayonlarning kechishini tadqiq etadi, o'rganadi. Oilaviy hayot psixologiyasi, shunday qilib, insonlarning qanday qilib o'zaro qovushishlari, birgalikda yaxshi niyat bilan oila - ro'zg'or yuritishlari, bahamjihatlikda hayot kechirishlarini o'rganuvchi fan tarmog'idir. Har bir oila konkret davr, vaqt, zamon va makonda mavjud bo'lganligi sababli, u avlodlararo bog'liqlik, ma'naviy meros, milliy an'analar, urf-odatlar va rasm-rusmlarni saqlovchi noyob inosniy uyushmadir. Shu institut bo'lgani sababli, har bir millat, elat va xalqlarning noyob udumlari asrlar osha saqlanib kelmoqda. Umuman, nikoh deb atalmish qadriyatning mavjudligi va unga avlodlarning e'tiqod qilishi ham oilaning muhim vazifasidir. Ijtimoiy psixologiya oila psixologiyasini o'rganganda, unga jamiyatning bir bo'g'ini, kichik ijtimoiy guruh sifatida qaraydi. Shu sababli ham konkret izlanishlarda uning paydo bo'lishi, mavjudligiga asos bo'luvchi omillarni va tugashi bilan bog'liq holatlarga e'tiborni qaratadi. Zero, oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar bir qarashda emotsional hissiyotlarga asoslanganga o'xshasa-da, aslida bir insonning ikkinchisiga ko'ngil qo'yishi, tanlashi, birgalikda umr kechirishi jarayoni ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga to'la bo'ysunadi. Ayrim olimlar, masalan, fransuz tadqiqotchisi Le Ple o'z vaqtida oilada sof psixologik qonuniyatlardan tashqari, ro'zg'orni boshqarish, farzandlar soni va tarkibiga ko'ra oila byudjetining o'zgarishlarini inobatga olib, uni ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar maskani deb atashni ham taklif etgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.46 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.46 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga