Oilaviy muhitning bola psixologiyasiga ta'siri. Ota-onalar pozitsiyasining shakllanishi. Reproduktiv ustanovkalar Reja: 1.Reproduktiv ustanovkalar. 2.Oilada bolalarni tarbiyalash masalalari. 3.Ota-onalar pozitsiyasining shakllanishi. Nikox- oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabkt, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bо'lib kelgan xususiyatlardan biri uni о'z a'zolarining munosabat talablaridan biri uni о'z a'zolarining axloqiy- psixologik ximoyalanishni ta'minlash, yosh bolalarga va mexnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma'naviy va jismoniy yordam kо'rsatish kabilardan iborat bо'lib kelgan. Bu xolat о'z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil bо'lish. Oilaning rekreativ funksiyasi - о'zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam kо'rsatish, bir-birining salomatligini mustaxkamlash, oila a'zolarning dam olishini tashkil etish demakdir.Bu funksiya keyingi yillarda yanada muxim axamiyat kasb etmoqda. Oila a'zolari salomatligini mustaxkamlash, oila a'zolarning dam olishini tashkil etish, oila a'zolarning bevosita mexnat, о'qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlardan xoli xolda, ya'ni bо'sh vaqtlarni birgalikda о'tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning о'zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mustaxkamligi uchun muxim axamiyatga ega bо'lgan omillardan xisoblanadi.Bо'sh vaqt jamiyatining nixoyatda muxim ijtimoiy qadriyatlaridan birdir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bо'sh vaqtni muntazam ravishda qanday о'tkazishga qarab xar bir odamning yetuklik darajasiga, ma'naviy dunyosiga baxo berish mumkin. Bu borada erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki-dam olish va sog'lomlashtirish ishlariga davlat miqyosida axamiyat berila boshlandi. Lekin kо'pchilik turli sabablar bilan (ularning о'zlari kо'proq moddiy sababni kо'rsatishda) madaniy dam olishga e'tibor bermay qо'yganligini xam aytib о'tish lozim. Xozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizim va qator oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormoqda. Shuni xam ta'kidlab о'tish joizki xozirgi vaqtda oilaning rekreativ funksiyasini kо'p xollarda davlat va ijtimoiy tashkilotlar о'z zimmasiga olmoqda. Jamiyat a'zolarining xafsizligini ta'minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam kо'rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bо'lsa-da, qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va о'z sog'liklarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriyalarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning о'z a'zolarining axloqiy-psixologik ximoyanganligini ta'minlashdagi roli toboro ortib bormoqda. Chunki inson faqat о'z oilasidagina va faqat о'z yaqinlari qurshovidagina о'zini tom ma'noda xotirjam,erkin xis qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning о'rnini xech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi. Hozirgi kunda oilada bolalarni tarbiyalash masalasiga har qachongidan kо'ra katta ahamiyat berilmoqda. Bu mavzu doimo barcha ota-onalarni ham, katta kishilarni ham qiziqtirib, shuning bilan birgalikda tashvishlantirib kelgan. Tarbiya jarayonida, u hoh oilada bо'lsin, hoh maktabda bо'lsin bolaning psixologiya xususiyatini hisobga olmaslik kelajakda eng katta, tuzatib bо'lmas xatoliklarga yо'l qо'yish demakdir. О'ylab qaraydigan bо'lsak, bolaning tabiatini, qiziqishini, eng muhim ichki dunyosini bilmay, о'rganmay turib ular bilan tarbiviy ish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.94 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.94 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc