Oilaviy munosabatlar odobi va psixologiyasi Reja: 1.Oilaviy munosabalar odobi va psixologiyasi. 2.Yangi turmush kurgan kelin-kuyovlarning o'zaro munosabatlari. 3.Oila va muhabbat psixologiyasi. Oilaviy munosabatlar odobi va psixologiyasi. Oiladagi munosabatlar ta'sirida ilk bolalikdan umumiy ishga Sodiqlik, vatanparvarlik, katiylik, kadr-kimmat xissi kabi yuksak insoniy xislar shallana boshlaydi. Asta-sekin tugishganlarga gamxurlik, opa-ukalik, opa-singillik mexri, ota-onalarga muhabbat va shafkat kabi tuyg'ular namoyon bula boradi. Turmushdagi samimiy va oqilona munosabatlar, ilik iqlim ta'siri natijasida oila a'zolaria kamtarlik, kungilchanlik, iltifot, sabr, uyatchanlik, to'g'rilik, yaxshilik, yumshoqlik, dilkashlik, mexribonlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, vijdonlilik, mehnatga masluiyat, ozodalik, izzat-nafs, tejab-tergashlik kabi shaxs xislatlari tarkib topadi. Agarda oilalardagi turmush munosabatlari kupollik, andishasizlik negiziga kurilgan bulsa, u holda oila a'zolari ruhiy dunyosida kekkayish, psimiklik, kupchilik tomonnidan kabul qilingan xatti-harakatlar qoidalarini sezmaslik, ularni mesimaslik, yalkovlik, mas'uliyatsizlik, ifloslik, bagritoshlik, shuxratparastlik, dimogdorlik, illalari unib chikadi. Shaxslararo munosabatlarning bin necha kurinshlari mavjud ekanligi ijtimoiy psixologiya hamda pedagogik -psixologik tarbiyaviy sohalarda kayd qilib utilgan. Oila boshligi hisoblangan ota-onalarning asosi diqqat-etibori axloq normalari va qoidalari talabidan kelib chikkan holda o'z farzandlarida ijobiy xarakter xislatlarini zamon ruhiga mos (ravishda) shaxs fazilatlarini shakllantirishga karatiladi. Jamiyatmizda kam uchrasa-da anormal munosabatga ega bo'lgan oilalar mavjuddir. Bunday toifaga ajralish darajasiga etib borgan, bola ustida turgan, ichuvchi-alkogol yoki giyohvand oilalar kiradi. Oiladagi anormal holat osoyishta yashash, tinch ijod qilish, muayyan o'qish uchun zarur imkoniyatlar yaratib berishga kodir emas. Oiladagi turmush munosabati ichida «liberal» toifa xam kuzga tashlanib turadi. Oila davrasida murosasiz, kungilchan bo'lishlik tashqi ko'rinishdan ilik psixologik iqlimni, guruhiy moslikni uzida (tashqi ko'rinishdan) aks ettirgandek bo'lib tuyuladi. Oilaviy munosabatlarni to'g'ri yulga kuyish xikmati- bu oila a'zolarining bo'sh vaqtini tashkil qilish, xar bir shaxsning xususiyatidan kelib chikkan, birgalikda oila davrasida madaniy xordik chiqarish, xo'jalikka ega ekanligini nazarda tutish, shuning bilan birga o'ta erk berib yubormaslikni diqqat markazidan chikarmaslik zarur. Bayram kunlarini nishonlash xam oqilona, odilona xal qilinishi oilada hamisha xamjihatlik, axillik xukm suravermaydi, goxa ziddiyatlar, janjallar axloqiy, moddiy, ma'naviy, aqliy, his-tuyg'u negizida vujudga kelishi mumkin. hozirgi kunda janjallar kuprok moddiy va ma'naviy ruhiy omillar zamiridan chikib kelmokda. Yangi turmush kurgan kelin-kuyovlar o'zaro munosabati. Yigit va kiz tanishib, yoki tanishtirib kuyishadi. Nixoyat tuy bo'ladi. Tuydan keyin yigit va kizning orasidagi muhabbat yanada mustahkamlanishi, uygunlashib ketishi kerak. Shundagina yangi turmush kurgan kelin-kuyovlarning o'zaro munosabatlari samimiyat, tenglik va adolat asosiga kuriladi. «Sevgi olovga uxshagan narsa, karab turmasang uchib koladi», degan edi Anatol Franch fransuz yozuvchisi. Tuydan keyin mexr-muhabbat sunib kolganday bo'lib, bu balki fakatgina tuyular. Aslida yosh kelin-kuyovlarning ruzgor tebrataolmasligidan, hayotning bazi ikir-chikirlaridan kelib chikadi. Lekin bazan esa bu ayollarga-kelinlarga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.83 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.83 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc