Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Er-xotin munosabatlarining shakllanishi. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi

Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Er-xotin munosabatlarining shakllanishi. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Er-xotin munosabatlarining shakllanishi. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. yer-xotin munosabatlarining shakllanishi. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi Reja: Oilaviy munosabatlar attraksiyasi Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi Romantik sevgi O'ziga jalb etish Mashg'ullik yoki rom bo'lib qolish Ko'nikish Kutish Ko'ngil qolish Haddan oshish yoki munosabatlar chegarasining darz ketishi Munosabatlarning tugashi Oilaviy munosabatlar attraksiyasi. Oila a'zolari o'rtasida sodir bo'ladigan murakkab va serqirrali o'zaro munosabatlar ko'plab olimlar, shu jumladan, O'zbekistonlik olimlar (M.Davletshin, G'.Shoumarov, E.G'oziyev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Sog'inov, F.Akramova, G.Yadgarova, M.Salayeva, D.Xoliqov va boshqalar) tomonidan o'rganilgan. Ularda ko'proq o'zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an'analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning qonuniyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu o'rinda biz oilaviy o'zaro munosabatlarga xos bo'lgan munosabatlarning psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga e'tiborni qaratgan ko'plab tadqiqotlarda ilgari surilgan ma'lumotlarni keltirishni joiz deb bildik. Shu nuqtai nazardan oilaviy munosabatlar fenomenologiyasi ijtimoiy-psixologik izlanishlar obyekti sifatida o'rganilgan bir qator tadqiqotlar natijalariga murojaat qilamiz. Oiladagi ijtimoiy munosabatlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlarini batafsil monografik tarzda o'rganganlardan biri rus olimi L.Y. Gozman (1987) hisoblanadi. U bu qonuniyatlarni ilmiy jihatdan tahlil etish uchun attraksiya tushunchasini ishlatgan. Attraksiya inglizcha attraction - tortilish, intilish so'zlaridan olingan bo'lib, u bir insonning ikkinchi bir insonga nisbatan his qiladigan ijobiy munosabatini anglatadi. Har qanday ana shu zayldagi diadik, ya'ni, diada - ikki kishi o'rtasidagi munosabatlarning boshlanishi simpatiya, yoqtirish yoki attraksiya bilan bog'liqdir. Gozmanning ta'kidlashicha, juftlik munosabatlarida attraksiyaga turtki bo'luvchi omillarning eng muhimi - bu sherikning tashqi, jismoniy jihatdan yoqimtoyligi va uning ijtimoiy-demografik xususiyatlaridir. YA'ni, bir ko'rishda yoqtirib qolish, uning xusniga rom bo'lish kabilar attraksiyaning dastlabki bosqichi bo'lib, bu aslida odamlar ongidagi bir bid'atga, ya'ni chiroyli odam aqlli va axloqli bo'lishi to'g'risidagi tasavvurlarga bog'liqdir. Ayniqsa, bunday tasavvur xotin-qizlarga nisbatan qo'llanilishi isbotlangan. Buni muallif grafik shaklida U - simon egrilik tarzida tasavvur etadi (4.1-rasm). 4.1 - rasm. Yoqtirib qolishning tashqi yoqimtoylikka bog'liqligi Yoqtirib qolishga turtki bo'luvchi ijtimoiy-demografik xususiyatlarga eng avvalo insonning jamiyatda tutgan o'rni, ijtimoiy maqomi, ma'lumoti darajasi, kasb-kori, moddiy ta'minlanganligi, millati va diniy e'tiqodi, qayerda, kimlar bilan yashashi kabilar kiradi. Ko'pincha ayni shu belgilar yoki xususiyatlar bilan yaqin bo'lgan insonlar o'zaro bir-birlarini tezroq yoqib qoladilar, chunki o'xshash belgilar yoki ko'ngildagi sifatlarning sherikda, tanishda mavjudligi unga nisbatan ijobiy fikr-mulohazalarning shakllanishiga, stereotiplarning yaxshi ma'noda uyg'unlashishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari, yoqtirib qolishga shaxsning qadriyatlari tizimi, hayotdagi maqsadlarining mushtarakligi, bajarayotgan ijtimoiy rollarining yaqinligi, omadlilik kabi qator jiddiy sifatlar ham turtki bo'ladi. Shuning uchun talabaning talabani yoqtirib qolishi, tibbiyot xodimining aynan shu sohada ishlaydigan odamni bir ko'rishda sevib qolishi, safarda birga bo'lganlarning yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.6 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.6 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga