Oilaviy munosabatlar psixologiyasining predmeti. Oilaning asosiy funksiyalari

Oilaviy munosabatlar psixologiyasining predmeti. Oilaning asosiy funksiyalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilaviy munosabatlar psixologiyasining predmeti. Oilaning asosiy funksiyalari - rasmi

Material tavsifi

Oilaviy munosabatlar psixologiyasining predmeti. Oilaning asosiy funksiyalari Malumki, insoniyat jamiyat taraqqiy etib borgan sari odamlarning o'zlari xam, o'zaro munosabatlar xam, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin buladigan oilaviy munosabatlar xam takomillashib, o'ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari, qishloq xo'jaliklari, sanoat ishlab chiqarish, umuman xalq xo'jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo'lgan inson omiliga, inson shaxsiga o'ziga xos yangicha talablar kuymokda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning uzlarida ruy berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o'zgarishlar o'zaro mulokat munosabatlari doirasining malum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o'tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning malum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zurikishlarning yuzaga kelishiga asos bulmokda. Bularning ta'siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda o'z ifodasini topadi. Maxsus adabiyotlarda yozilishicha va o'tkazilgan tadqiqot natijalaridan kuzatilishicha, sunggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko'ra ularning jinsiy, fiziologik balogatga etishi 2-3 yil ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarni jinsiy balogatga etish davri 15-16 yoshga to'g'ri kelgan, hozir esa bu holat o'rtacha yoshlarga to'g'ri keladi. Ilgarigi o'smirlar 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik talablaridan biri bulmish jinsiy yetuklikka, balogatga etar ekanlar, ular aksariyat xollarda shu yoshga kelib usha davrlar uchun xos va lozim bo'lgan, unchalik murakkab bo'lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo'lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarning odatda 13-14 yoshida shogirdlikka berishgan), usha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma'lumot talab kilinmagan, 2-3 yil ustoz kurgan shogird 16-17 yoshida o'zi ish yuritadigan mutaxassisga aylangan. Mabodo u shu vaqtda oila kuradigan bulsa, o'z hunari orqali mehnat qilib o'zini va oila a'zolarini iqtisodiy jihatdan ta'minlay olishi mumkin bo'lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18-20 yoshli yigit mahalla - kuyda, jamoatchilik orasida malum darajada ijtimoiy yetuk shaxs sifatida kabul qilingan, turli tadbirlar, marosimlarda yetuk ishtirokchi sifatida katnashishi mumkin bo'lgan, yani uning ijtimoiy jihatdan balogatga etganligi jamoatchilik tomonidan tan olingan. Shaxsning oila va jamiyat oldida o'ziga xos masxuliyatni his qilishi esa uning psixologik yetukligi alomatlaridan biri bo'lib xizmat kilgan. Endi shu xususiyatlarning bugungi kun yoshlarida ko'rib chikaylik. Ular 12-13 yoshlarida jinsiy (fiziologik) yetuklikka erishadilar, birok ular biror - bir kasb-hunar egasi bo'lib, mustaqil ishlab o'zini va oilasini iqtisodiy jihatdan taxminlay oladigan bo'lishi uchun avvalo maktabni bitirishi, yoki 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o'qishi zarur bo'ladi. 12 yillik barcha uchun majburiy ta'limdan sung yoshlarimizning malum bir kismi o'qishni oliy o'quv yurtida davom ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.55 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.55 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga