Oilaviy munosabatlarning axloqiy asoslari Reja: Avestoda oila masalalari. Oila va uning mezonlari. Oila jamiyat asosi. nikoh oldi omillari. nikohga psixologik yetuklik. Avestoda oila,yer-xotin munosabatlari etarli o'z ifodasini topgan. Unda ayolga munosabat, ayolning roli, vazifalari, nikoh qurish yosh davrlari belgilangan. nikoh shartnomasi tuzilgan va undagi shartlarga ko'ra ayol huquqiy , iqtisodiy, ijtimoiy, axloqiy tomondan yeri bilan teng huquqli bo'lgan. yer xotinni teng huquqli, sevimli xotini va xurmatli shaxs sifatida oilasiga olib kirgan. Baynylminal nikohlarga qarshilik ko'rsatiliagan. nikoh shartnomasiga ko'ra yer xotinning roziligisiz takror uylanishi yoki ayol kishini xizmatkorlikka olish huquqiga olishga ega bo'lmagan. nikoh shartnomasi, oilaning mustahkamligiga xizmat qilib, rashk xissiniqo'zg'atuvchi, muloqot odobiga rioya etmaslik, shaxsiyatga tegish kabi salbiy hodisalarning oldini olishga qaratilgan. nikohning ajralishiga salbiy qaralgan, ammo ajralish oqibatida ayol va erkakning manfatlari nikoh shartnomasida huquqiy kafolatlangan. Avestoda ko'rsatilishicha, oilada ota yetakchi bo'lgan. Avestoda ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarga xamma rioya qilish lozim bo'lgan. Bu yer-xotinni sodiqlikka davat etib, ularni bir-birlariga g'amxo'r va mexribon bo'lishga chaqirgan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, ayolning xaq-huquqini himoya qilish o'sha davrda xam qonun darajasiga ko'tarilgan. zardushtiylik davrida oila qurishning quydagi motivalari mavjud bo'lgan. a) ota yoki xomiyning xoxish-irodasi tufayli: b) sevgi-muhabbat tufayli: v) qarovsiz qolganligi tufayli(ayollar): g) farzandli bo'lish xoxishi tufayli: Umuman olganda, zardushtiylikda ayol va oila masalasiga katta etibor qaratilgan bo'lib, ayol va oilaning jamiyatda tutgan o'rni va mavqeini mustahkamlash uchun o'sha davrdan boshlab zamin yaratila boshlaganligini takidlash lozim. Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko'ra quydagicha farqlanadi: To'liqligiga ko'ra: to'liq, noto'liq va qayta tuzilgan(ikkinchi nikoh) oilalar. Bo'g'inlar soniga ko'ra: nukler (ota-ona va bolalardan iborat bo'lgan) va ko'p bo'g'inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a'zolari birga yashovchi) oilalar. Bolalar soniga ko'ra: farzandsiz, bir bolali , ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. yer-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra: ishchilar, dehqonlar, xizmatchilar, ziyolilir oilasi, tadbirkorlar, aralash turdagi oila. yer-xotinning ma'lumot saviyasiga ko'ra: oliy ma'lumotlilar, o'rta-maxsus, o'rta, tugatilmagan o'rta, maxsus yordamchi maktab ma'lumotiga ega bo'lgan qayliqlardan tashkil topgan va aralash turdagi oila. Oilaning yoshiga ko'ra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega bo'lgan oilalar), o'rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila(qariyalar oilasi). Qayliqlarning ota-onasi oilasining moddiy ta'minlanganlik darajasi jihatidan qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi bo'yicha bir-biriga mos bo'lmagan oilalar. Regional jihatlariga ko'ra: shahar, qishloq, aralash tipdagi oila. nikohdan qoniqqanlik saviyasiga ko'ra, ajralish saviyasida-nikohdan qoiqqanlik darajasi ko'yi saviyada bo'lgan oila, o'rta saviyada va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga ko'ra: yer ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.46 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.46 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc