yer-xotin o'rtasidagi nizolar Ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi nizolar Qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar Qaynona-kuyov orasidagi kelishmovchiliklar Ajralish va uning oqibatlari Mavzuga oid aforizmlar Mavzuga oid aforizmlar Mavzuga oid rivoyatlar Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu yer va xotin o'rtasidagi nizolardir. Xo'sh, eng ezgu niyatlar bilan bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega oila qurishgandan keyin ularning o'zaro munosabatlarida nizo-janjallar ro'y beradi? Ular nima uchun urushadilar? Umuman yer-xotinlik hayotida nizolarsiz, urush-janjallarsiz ham yashasa bo'ladimi? Bu kabi savollarni yana ko'p davom ettirish mumkin. Xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo'lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo'lmaydi. Faqat, nizoning nizodan farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to'xtalib o'tamiz. Haqiqatdan ham ilk bolalikdanoq ko'plab ertaklar eshitib, keyinchalik o'zlari ham ularni turli kitoblardan o'qib o'sgan yoshlar o'zlarining bo'lajak oilaviy hayotlarini adekvat tasavvur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetishgunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni boshlaridan kechirib, bu yo'lda duch kelgan qora kuchlarni yengib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, el-u yurtga «qirq kecha-yu qirq kunduz to'y berib, murod-maqsadlariga erishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa, bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi. Bunga sizlar ham ko'p martalab guvoh bo'lgansizlar. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda tarbiya topgan yigit-qizlar o'z ota-onasi oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlarga nisbatan bo'lgan o'zaro munosabatlarini va qator shu kabilarni o'zlarining bo'lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila qurishganlaridan so'ng o'g'il bolalar xuddi o'z otasidek va qizlarimiz o'z onalaridek «ota», «ona», «yer», «xotin» bo'lishni orzu qiladilar. Chunki ular o'z ota-onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo'luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi yer-xotinlarni ko'rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar yuzaga kelib qolgudek bo'lsa ham ularning ota-onalari bu holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namunaviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materiallarda ham aksariyat hollarda yer-xotinlik munosabatlarini bir yoqlama, faqat yaxshi tomondan ko'rsatish an'analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasavvurlarning shakllanishiga asos bo'ladi. Shunday ertakmonand tasavvurlar, orzular og'ushida oila qurgan yoshlar, o'zlarining oilaviy hayotlarida dastlabki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning oilaviy hayotlari o'zlari kutganlaridek bo'lmayotganligi, turmush o'rtog'ini tanlashda «xato qilganligi», ular oldingi (to'ydan oldingi) holatiga nisbatan ma'lum darajada (albatta) «salbiy» tomonga o'zgarib qolganligi kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh oilada yer-xotinlarning o'zaro munosabatlari rivojlanishining o'ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o'zbek oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yosh kelinva kuyovning yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bog'liq qiyinchiliklar yer-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarni yuzaga keltirishi mumkin. Afsuski, bunday jarayonlar deyarli ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.53 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.53 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc