Oilaviy nizolar. Ajralish, uning sabab va oqibatlari

Oilaviy nizolar. Ajralish, uning sabab va oqibatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilaviy nizolar. Ajralish, uning sabab va oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

Oilaviy nizolar. Ajralish, uning sabab va oqibatlari xalqimizda bir gap bor: oshsiz uy bo'lishi mumkin, lekin nizosiz uy bulmaydi. Fakat nizoning nizodan farqi bor. Aksariyat yaxshi oilalarda tarbiya topgan yigit kizlar o'z ota-onasi, oilasini, ularning turmush tarzini, bir-birlariga nisbatan bo'lgan o'zaro munosabatlarining va kator shukabilarni uzlarining bo'lajak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham oila ko'rishganlaridan sung uil bolalar huddi o'z otasidek va kizlarimiz o'z onalaridek «ota», «ona», «yer», « xotin» bo'lishini orzu kiladilar .Chunki ular o'z onalari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda bo'luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi yer-xotinlarni kurmaganlar .Shuningdek, yosh oilada yer-xotinlarning o'zaro munosabatlari rivojlanishining o'ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o'zbek oilasida uning etnik, hududiyxususiyatlaridan kelib chikkan holatda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy sharoitida moslashishi jarayoni bilan bolik qiyinchiliklar yer-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizolarning yuzaga keltirishi mumkin. O'tmish donishmandlaridan xakli ravishda yer-xotin nizolarini garimdoriga kiyoslagan ekan. Garimdori achchik, lekin u me'yorda bulsa ishtaxani ochadi, me'yoridan ortib ketsa oiz, lab, tilni kuydirishi, noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Nizoli vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga keladi.Oila qanday bo'lishidan katiy nazar nizolardan mutlako holi (himoyalangan, kafolatlangan) bula olmaydi. Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz bulmaydi. Malumki, bir-birlariga aynan o'xshash, mos ikki odamning bo'lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir. Shunday ekan ikki va undan ortik shaxsdan (individ)dan tashkil topgan oila ham ikki, uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun me'yorida bo'lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilada mutlako mos kelmasligi, yoki biron bir oila uchun u qadar ahamiyatga ega bo'lmagan nizo va uning sababi boshqa oila a'zolarining o'zaro munosabatida jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Oilada yuzaga kelishi ehtimoli bo'lgan nizo janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularning kimlar o'rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofikdir. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko'ra ularning kuyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin: 1. yer-xotin o'rtasidagi nizolar. 2. Kaynona -kelin o'rtasidagi nizolar. 3. Kaynona-kuyov o'rtasidagi nizolar. 4 .Ovsinlar o'rtasidagi nizolar. 5. Ota-onalar va farzandlar o'rtasidagi nizolar. Psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «konstruktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi») nizolarga farqlanadi. Ular uzlarining yuzaga kelishiga asos bo'lgan muammolar, bu muammolarning hal etilishi, kechirish, ishtirokchilar, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko'ra bir-birlaridan farqlanadi. Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga asos bo'lgan muammolar va ularning hal qilinishi ham yerning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga qaratilgan bo'ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o'z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudjetini yuritish, saranjomlik, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.1 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.1 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga