Oilaviy nizolarning ijtimoiy- psixologik xususiyatlari Reja: Nizolarning kelib chiqish sabablari va turlari. Oilaviy nizolar oqibatlari. Nizolar eskolatsiyasi. Nizo omillari va motivlari. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko'ra ularning quydagicha asosiy turlariga ajratish mumkin: yer-xotin o'rtasidagi nizolar: qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar: qaynona-kuyov o'rtasidagi nizolar: ovsinlar o'rtasidagi nizolar: ota-onalar va bolalar o'rtasidagi nizolar: farzandlar o'rtasidagi nizolar: Albatta, bu ro'yxatni yana davom etiraverish mumkin, xar qanday oilada yer-xotinning o'zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga ko'ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar birikturuvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun xam psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishdakonstruktiv(biriktiruvchi)va destruktiv(ajratuvchi) nizolarga farqlanadi. Ular o'zlarining yuzaga kelishiga asos bo'lgan muammolar, bu muammolarning xal etilishi, kechinishi, ishtirokchilar, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga ko'ra bir-birlaridan farqlanadi. Qanday nizolarga biriktiruvchi nizolar deyiladi? Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga sabab bo'lgan muammolar va ularning xal qilinishi sham earning, sham xotinning, butun oilaning manfaatlari qaratilgan bo'ladi. Agar ular xal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o'z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudje6tini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi masalalar toifasidagi nizolar misol bo'la oladi. Ular asosan yer xotin o'rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtrokchilari sham faqat yer-xotinlarning o'zlarigina shisoblanadi. Bunday nizolarning muvaffaqiyatli shal etilishida yer-xotinlarning bir-birini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birining salbiy va ijobiy xususiyatlarini o'rganib borish, bir-biriga maoslashish, muammolarni xal etish borasida shamkorlik qilish kabi oilaviy shayot mustashkamligini ta'minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar yer-xotinning urishi-doka ro'molni qurishi kabi nizolar toifasiga kiradi. Doka ro'molni qurishi yer-xotin o'rtasidagi shamkorlikni rivojlantiradi. Qanday nizolar ajratuvchi nizolar deyiladi? Ajratuvchi nizolarda ularning yuzaga kelishiga sabab bo'lgan muammo va uning yechimi yer-xotinlardan birining manfaatiga qaratilgan bo'ladi. Bunday nizolardan bir tomon manfaatini xal etilishi ko'pincha, ikki tomon manfaatining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Masalan, yerni yoki xotinni shaxsan o'zi uchun biron nima xarid qilishi,yerning yoki xotinning ishi tufayoli, o'zbek oilasi uchun xarakterli bo'lgan nizolardan bo'lmish yer-yoki xotinning qarindosh urug'lari bilan bo'ladigan munosabatlar tufayli yuzaga keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizolarning xal qilinishi, yani bir tomon manfaatlarining qondirilishi ko'pchilik holatlarda ikkinchi tomon manfaatlarining boy berilishi hisobiga amalga oshadi. Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda norozichilik, etiroz saqlanib qoladi va bu keyichalik yana kuchayib navbatdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo xal etilgan bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi. Shuningdek, ajratuvchi nizolar ularni yuzaga keltirgan sabablar bevosita yer-xotinlarning o'zaro ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.03 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.03 KB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc