Oliy maktab psixologiyasi predmeti vazifalari Reja: Oliy maktab psixologiyasi fanining metodlari Oliy maktabdagi ta'lim ba tarbiyaning psixologik tavsifi Oliy o'quv yurtiga tanlash «Bugun qilayotgan yaxshi ishlarimiz yosh avlod barkamolligi uchun xizmat qilishi shubhasiz. Bugun qanday ko'chat eksak, ertaga shunday meva olamiz, Yosh avlodni el-yurtga, Vatanga sadoqatli, iymon-e'tiqodli, mard va jasur, yuqori malakali, ma'naviyat yuksak insonlar qilib tarbiyalashda ta'lim ichoqlarining alohida o'rni bor» - deya takidlaydi I.A.Karimov. (3, 203) Mustaqillik davridagi ta'lim-tarbiya sohasidagi o'zgarishlar tom manoda barkamol yetuk komil shaxsni tarbiyalab etishtirishdan iboratdir. «Aql - zakovatli yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi»- deb takidlaydi prezidentimiz I A. Karimov. Psixologiya individual va guruhiy psixologik hodisalarni, ularning mohiyatini, ularning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini, inson xulq-atvorida ularning o'rnini va rolini irganadi. Oliy maktab psixologiyasi oliy o'quv yurti rahbarlarining, o'qituvchilari, talabalari faoliyatining psixologik xususiyatlarini va psixikasini o'rganadi. Inson psixikasi psixologik jarayonlarni, holatlarni va xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Psixik jarayonlar - bilish, hissiy va irodaviy jarayonlarga bo'linadi. Bilish jarayonlariga - sezgi, idrok, tasavvur, xotira, xayol, tafakkur va nutq kiradi. Ular bilimlarni egallash, muammolarni hal qshsh imkonini beradi. Hissiy jarayonlar - insonning ichki dunyosini aks ettiradi, tevarak atrofda ro'y berayotgan hodisalarning ehtiyojlar va maqsadlarga mos o'z-o'zini boshqaripeda, o'z xulq-atvorini ongli boshqarishda ko'rinadi. Psixik holatlar psixikaning vaqtinchalik holati bo'lib o'ziga ishonish, tayyorlik, qoniqish, ikkilanish amaliy harakatdagi muvaffaqiyat shularga bog'liq bo'ladi. Psixik xususiyatlar - yo'naltirilganlik, xarakter, temperament va qobiliyatlar kiradi. Yo'naltirilganlik shaxs xususiyati bo'lib - maqsadga intilishdir. Yo'naltirilganlik asosi - ehtiyojlar, qiziqishlar, layoqatlar, ideallar, dunyoqarashdir. Psixik xususiyatlarga qarab, insonning individual xususiyatlari haqida bilish mumkin. Individual psixika bilan birgalikda insonlarning jamoa va guruhlarida vujudga keladigan ijtimoiy psixologik hodisalar ham mavjud. Ularga an'analar, baholar, qiziqishlar, urf - odatlar kiradi. Ijtimoiy psixologik hodisalar oliy o'quv yurti hayotida, talabalar ta'lim va tarbiyasi masalalarini hal qilishda muhim rol uynaydi. Oliy maktab psixologiyasi predmeti - oliy o'quv yurti sharoitida vujudga keladigan individual va ijtimoiy psixologik hodisalar hisoblanadi. Oliy maktab psixologiyasi psixik jarayonlar, holatlar, xususyyatlar, tajribaning o'rni va rolini, oliy o'quv yurti rahbarlari, o'qituvchilari va talabalari faoliyatida ularning ko'rinishi va rivojlanishini o'rganadi. Oliy maktab psixologiyasi psixologiyaning nisbatan yangi tarmoqlaridan biridir. U pedagogik, ijtimoiy va yosh psixologiyasi, mehnat psixologiyasi va boshqa fanlarning yutuqlarini birlashtiradi. O'zining asosiy mazmuniga ko'ra, u Oliy o'quv yurtining pedagogik psixologiyasi hisoblanadi. Oliy maktab psixologiyasining asosiy vazifalari - quyidagilar: 1. Zamonaviy oliy ma'lumotli mutaxassis timsolini ishlab chiqishda ishtirok etish. 2. Oliy o'quv yurti rahbarlarining, kafedralarining, o'qituvchilarining, talabalarining faoliyatini psixologik tahlil qilish, shu asosda o'quv ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:54:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.29 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:54 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.29 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:51 ]
Arxiv ichida: doc