Ommaviy ijtimoiy jarayonlar va harakatlar psixologiyasi

Ommaviy ijtimoiy jarayonlar va harakatlar psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ommaviy ijtimoiy jarayonlar va harakatlar psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ommaviy ijtimoiy jarayonlar va harakatlar psixologiyasi Reja: 1.Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat-ommaviy ijtimoiy jarayonlarning muhim omili sifatida. 2.Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyat va stixiyali ta'sirlarga ongli ta'sirni munosabati. 3.Sotsial psixologiyada ijtimoiy ongsizlik muammosi. 4.Ijtimoiy fikr va ijtimoiy kayfiyatni hozirgi sharoitda o'rganishni ahamiyati. Sotsial psixologiya da katta guruh lar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya'ni etnopsixologiya bo'yicha ko'proq tadqiqotlar o'tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir Respublikalar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, hamdo'stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o'rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo'yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko'proq e'tibor berishni lozim topdik, bunday e'tiborning yana bir boisi - O'zbekistonda bu sohada nisbatan tadqiqotlarning ko'proq o'tkazilganligi, lekin ular ko'p hollarda milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidandir. Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o'rganish mumkin? Bu hozirda, ya'ni mustaqil O'zbekiston sharoitida, ko'pgina tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan masaladir. Chunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma'lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo'lgan hozirgi va o'tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi qaysi tomonga o'zgarishini, millatlararo sodir bo'ladigan jarayonlarni bashorat qilmog'i lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak. O'zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e'tibor bermoqdalar. Chunki sobiq Ittifoq sharoitining o'zi ana shunday kuchli nazariyaning bo'lishi uchun anchagina to'g'anoq bo'lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta'kidlaganidek, tor guruhlar doirasidan, avvalo, oilalar doirasidan chiqmagan edi. Etnopsixologiya - bu psixologiyaning shunday tarmog'iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruhlarni ham o'rganadi. Ma'lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi xalq tushunchasi aslida etnik uyushma ma'nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o'rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o'rganish kerak. Shunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o'tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o'lkamizda o'tkazilgan bo'lib, uni psixolog A.R.Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo'lib, uni o'tkazishdan asosiy maqsad L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy yondashuv g'oyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyutsiya bo'lib o'tgan O'zbekiston sharoitida turmush tarzining o'zgarishi bilan o'zbek xalqi psixologiyasining ham o'zgarganligini isbot qilmoqchi bo'lganlar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o'zgarganligini isbot qilish bo'lsa ham tadqiqotchilar o'z-o'zini anglash va o'z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o'tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o'qiyotgan xotin-qizlar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta'lim olayotgan qizlar o'rtasida farq bor-yo'qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o'z-o'zini analiz qilish metodi yordamida o'tkazilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga