Ommaviy muloqot tilini shaxslantirish muammolari

Ommaviy muloqot tilini shaxslantirish muammolari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ommaviy muloqot tilini shaxslantirish muammolari - rasmi

Material tavsifi

Ommaviy muloqot tilini shaxslantirish muammolari Foydalanilgan adabiyotlar: Tohirov Z.T. Adabiy tahrir. Darslik.-T.:Tafakkur bo'stoni, 2012. Tohirov Z.T. Ijod laboratoriyasi. O'quv qo'llanma.-Toshkent.:Universitet, 2012. Toshaliev I., R.Abdusattorov. Ommaviy axborotning tili va uslubi. O'quv qo'llanma. -T.: Universitet, 2006. Tohirov Z.T., Mirzaeva N. Tilga etibor - elga etibor O'zbekiston matbuoti, 2010. 1-son. - 28-29-b. Tohirov Z.T. Spetsializatsii net, rezultat est Biznes - vestnik Vostoka, 2009, 15 dekabr. № 99. -8-b. Tohirov Z.T. Pragmatik sema. -T.: Zar qalam, 2004. ww.ziyonet.o'z - O'zbekiston ta'lim axborot tarmog'i. Reja: Muloqot ishtirokchilarining ijtimoiy-lisoniy maqomlari Muloqotni dialoglashtirish va shaxslantirish muammolari Muloqotda jurnalist Meni Muloqotning hamkorlikda, sherikchilik va hamjihatlikda amal qilish tamoyili adresat bilan aloqa bog'lashni, nutqni jonlantirishni talab qiladi. Muloqotni shaxslantirish (personifikatsiya) usuli jurnalist va o'quvchining nutqiy hamkorligini, muloqot asnosida adresat ishtiroki tasavvurini yaratishga xizmat qiladi. Ommaviy muloqotni jonlantirish (personifikatsiyalash) tushunchasi ijtimoiy yo'naltirilgan dialogni nutqiy hamkorlik tamoyiliga muvofiq baqamti suhbat vaziyatidagi odatdagi jonli so'zlashuv uslubida bayon qilishni bildiradi. Shu bois bu usulni muloqotni shaxslantirish usuli deyish to'g'riroq bo'ladi. Muloqotni shaxslantirish usulining jurnalist va adresat hamkorligi nuqtai nazaridan ikki yo'nalishi farqlanadi: 1. Jurnalistning shaxs sifatidagi o'ziga xos aqliy, ma'naviy, ruhiy, lafziy sifatlari bilan namoyon bo'lishi, muallif menining ochiq va oshkora ifodalanish usullari tushuniladi. Radio va telenutqda jurnalistning nolisoniy, fizik-fiziologik xatti-harakatlaridagi o'ziga xoslik ham nazarda tutiladi. Ekran oldidagi shaxs ayon vaziyatdagi ayon shaxs sifatida gavdalanishi ham muloqotga tabiiy jonlilik ruhini beradi. Matniy muloqotda (matbuotda) o'quvchi muallifning shaxsiy sifatlarini ifoda (matn) usuli asosida tasavvur qiladi. Demak, ommaviy muloqotni shaxslantirish uzatilayotgan axborotni muallifning Meni, jurnalistning shaxsiy sifatlari orqali qabul qilish va fahmlash omilini yaratishdir Ommaviy muloqotni dialoglashtirish tushunchasi odatdagi dialogdan farq qiladi. Dialoglashtirish usuli odatdagi dialogga nisbatan ikkilamchi - hosila hodisadir: nutqning og'zaki-so'zlashuv nutqiga, baqamti dialogga xos lisoniy vositalar va ifoda usularidan foydalanish usulidir. Ommaviy muloqotda nutqiy vaziyat ham, ifoda vositalarining maqsadga muvofiqligini asoslash ham jurnalistning adresat haqidagi tasavvuri orqali yaratiladi. To'g'rirog'i, adresat tasavvuri ham, uning faol ishtiroki ham, munosabati ham jurnalistning ijodiy nutqiy mahorati asosida hosil qilinadi. Ommaviy muloqotning tarkibiy qismlari: Kommunikator Adresat Axborot Ommaviy axborot vositalari ADRYeSAT Adresat shaxsiy va guruhiy muloqotda ayon shaxslardir. Ommaviy axborotni qabul qiluvchi adresat - ijtimoiy-madaniy, kasbiy-malakaviy jihatdan ham, hududiy-lahjaviy, fikriy-ruhiy jihatdan ham turfa xil, makon jihatdan tarqoq hamda bir-biridan bexabar, yoshi, bilimi, saviyasi, qiziqishi, mashg'uloti xilma-xil bo'lgan uyushmagan kishilar majmui. Adresat kommunikator ega bo'lgan nutqiy tashabbusu faollikdan va imtiyozdan mahrum. U xabarni o'qishi, eshitishi yoki ko'rishigina mumkin. Jurnalistga savol bilan murojaat qilolmaydi, bahslashish imkoniga ega emas. Shu jihatdan ommaviy muloqot bir tomonlama muloqot hisoblanadi. AXBOROT ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 206.03 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 206.03 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga