Ong haqida hozirgi zamon tasavurlari Ong - psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik qarashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni diniy tushuntirish uni ilohiy hodisa, xudo yaratgan mo'jiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Ko'pgina dinlarda inson Ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon bo'lish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimda bo'lsada, ular hamon o'zining ko'plab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, Ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi. Ongni evolyutsion - fiziologik aspektda bosh miya va butun organizmning murakkab integral yuqori faoliyatini ta'minlochi markaziy nerv sitemasining holati deb ta'riflash to'g'ri bo'lar edi. Ong hamisha nima haqidadir bilim berishdan iborat, u faoliyat Bilan bevosita bog'liqdir. Har - hil ruhiy kasalliklarda ong, es xush buzilishi mumkin. ruhiy kasalliklardan tashqari es-xush aynishiga sabab bo'ladigan ta'surotlar bor kalla va miyaning shikastlanishi, intoksikasiyalar, kuchli ruhiy jarayonlar kuchli istma bilan o'tadigan yuqumli kasalliklar (tepkili terlama, bezgak, zotiljam va boshqalar). Ongning mohiyatini izohlashda 2-yo'nalish - bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bog'lab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yo'nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo'ldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar safroni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni ko'rish mumkin, ammo ongni ko'rib ham, ushlab ham bo'lmaydi. Aslida ong tarixi insonning inson bo'lib shakllana boshlashi tarixi bilan bog'liqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va qarashlaridan tashkil topgan. O'z-o'zini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir. Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular Ongning o'rnini bosa olmaydi, chunki Ong o'ta murakkab obyektiv mavjudlikdir Hozirgi zamon fani ong materiyaning uzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud bo'lib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan so'nggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo bo'lishi uchun bir necha million yillar kerak bo'lgan. ong tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning , ya'ni inson miya-sining mahsulidir. Lekin ongning bo'lishi uchun miyaning o'zigina bo'lishi yetarli emas. ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog'langan va shu muhitning ta'sirida faoliyat ko'rsata ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
228.01 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
228.01 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: pptx