Ong haqidagi psixologik tasavvurlar

Ong haqidagi psixologik tasavvurlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Ong haqidagi psixologik tasavvurlar - rasmi

Material tavsifi

Ong haqidagi psixologik tasavvurlar Ruhdan ong sari yoki Dekartning ong haqidagi ta'limoti. Refleks haqidagi ta'limot. Spinoza psixologiyasi va uning Etika asari. Ong haqidagi ta'limotning rivojlanishi. Psixika vokelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi. Psixikaning odamga xos bo'lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning, uni, yaxlit bir xolga keltiruvchi shakli bo'lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida) doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. Shu manoda ong, olimlarning takidlashicha, (ijtimoiy maxsul) bo'lib, Anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir. Ongning strukturasi, uning muhim psixologik ta'rifi qanday? Uning birinchi ta'rifi nomining uzidayok berilgan bo'lib ong deganidir. kishining ongi bizning tevarak atrofimizni kurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi - bilimdir»,- deb yozgan edi. Shunday qilib, ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o'z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar katoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo'shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta'sir o'tkazuvchi kuzgatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning usha momentda kishi tasavvurida hosil bo'lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o'tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayol ehtiyoj obyekti bo'lgan, ammo hozirgi paytda yuk narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo'li bilan masalaning xal etilishini ta'minlaydi. Aytib utilgan psixik bilish jarayonlaridan istalgan birining batamom barbod bo'lishi u yokda tursin, buzilishi yo izdan chiqishi xam ongning barbod bo'lishiga olib keladi. Ongning ikkinchi ta'rifi - unda subet bilan obyekt o'rtasida aniq farqlanishning o'z ifodasini topishi, yani odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo'lib unda ajralib chikkan va o'zini atrof muhitiga qarama-qarshi kuygan inson o'z ongida ushbu qarama-qarshilik va tafovutni saklab kelmokda. Jonli mavjudotlar ichida uning uzigina o'zini bilishga, yani psixik faoliyatini o'zini tadqiq etishga yo'naltirishga kodirdir. Odam o'z xatti-harakatlarini va umuman o'zini-o'zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas»dan ajratishi xar bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yul bo'lib, uning o'zini-o'zi anglashi jarayonida yuz beradi. Ongning uchinchi ta'rifi - odamning maqsadni kuzlovchi faoliyatini ta'minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funksiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chikiladi, irodaviy karorlar kabul kilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va xokazo. Kishi tabiat tomonidan berilgan narsaning formasini uzgartirish bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga uzining ongli maqsadini xam amalga oshiradi, bu maqsad, qonun sifatida, kishining ish usulini va bu ishning xarakterini belgilab beradi va kishi o'z irodasini ana shu maqsadga buysindirishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 184.32 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 184.32 KB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga