Ong haqidagi ta'limot

Ong haqidagi ta'limot

O'quvchilarga / Psixologiya
Ong haqidagi ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Ong haqidagi ta'limot Reja: 1. Ruxdan ong sari yoki Dekartning ong haqidagi ta'limoti. 2. Refleks haqidagi ta'limot. 3. Spinoza psixslogiyasi va uning Etika asari. 4. Ong haqidagi ta'limotning rivojlanishi. 17 asr psixologlar kuz ungida psixikaga bo'lgan qarashlarning tubdan o'zgarishi davri sifatida namoyon bo'ladi. Psixologik fikr taraqqiyotidagi yangi davrni fanlar malikasi bo'lib hisoblangan mexanika ta'sirida paydo bo'lgan konsepsiyalar ochib berdi. 17 asrga oid psixologik fikrlarning o'ziga xos tomonlarining talqinda ochiq namoyon buldi. A tushuntirish uchun xech qanday ruxga muhtoj bo'lmagan tana-mexanik sistema haqidagi ta'limot: B ichki kuzatish orqali o'z psixik holati haqida xamma narsani bilish mumkin bo'lgan individning ongi haqidagi ta'limot. V inson faoliyatini unga foydali narsalar tomon yunaltiruvchi yoki zararli narsalardan qaytaruvchi extiroslar affektlar haqidagi ta'limot G fiziologik va psixologik tomonlar o'rtasidagi munosabati haqidagi ta'limot. Bu ta'limotlarning asosida fanning ulug zaxmatkashlari Rene Dekart1598-1660, Benedit Spinoza1632-1677, Tomas Robbe 1588-1b79, Djon Lokk 1632-1704, Gomfrits Leybnits 1646-1716 kabilar turar edi. fransuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning ismi bilan psixologiya tarixidagi g'oyat muhim bosqich boglanadi. Aynan u uzining ong haqidagi ta'limoti bilan Aristotelning rux haqidagi ta'limotidan psixika to'g'risidagi tushunchalarning ajralib chiqishi uchun asos yaratdi. U avtomat kabi mexanik ishlovchi organizm modelini tanlaydi va u bilan usha kunlargacha rux bilan boshqariluvchi bo'lib hisoblangan tirik tanani uning ta'siridan xolos etdi. Shu davrda Garve tomoni kon aylanishining kashf qilinishi organizm mexanik mashina degan fikrni rivojlantirdi. Unda yurak kon o'tkazuvchi nasos bo'lib hisoblanadi va bu jarayonda ruxning xech qanday funksiyasi yuk deb ta'lim berildi. Dekartgacha barcha faoliyat jarayonlari, yerdagi hayot tashqarisidan energiya oluvchi maxsus agent rux bilan boshqariladi, deb hisoblab kelindi. Ammo Dekartdan boshlab, tana mexanika qonunlariga asosan tuzilgan avto sistemadir, undagi organlarning ishlashi xam tananing faoliyati xam, boshqa tanalar bilan aloqasi xam, ruxga muhtoj emas, deb takidlandi. Lekin bu bilan rux ishsiz bo'lib koldimi? Yuk, Dekart ruxni xech narsaga bog'liq bo'lmagan oliy substansiyagacha kutardi. Rux ongning uzluksiz bo'lmagan hodisalari-fikrlaridan iborat deb aytdi olim. Ruxning birdan bir asosiy belgisi uning fikrlashidir. Fikrlashdan tuxtash ruxning yuk bo'lishiga olib keladi, deb hisoblaydi. Dekart tana va rux substansiyalarini o'zaro taqqoslash shunga olib keladiki, Dekart tana o'z tabiatiga bo'linuvchi, rux esa bulinmas, shuning uchun u turli xil narsa degan xulosaga keldi. Dekart dualizmning manosi shuki, tana va rux mustaqil substansiyalardir. Ularning xar kaysisi mavjud bo'lishi uchun uzidan boshqa xech narsaga muhtoj emas. «Rux butunlay mening tanamdan butunlay ayru bo'lib, u tanamsiz xam mavjud bula oladi». «Bizdagi issiqlik va harakat fikrga bog'liq bo'lmagani uchun ular fakat tanamizga tegishlidir» deb yozadi Dekart. Buni Dekart ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.69 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.69 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga