Ongning psixologik tavsifi

Ongning psixologik tavsifi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ongning psixologik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Ongning psixologik tavsifi Reja: Ongning paydo bo'lishi va uning ijtimoiy-tarixiy mohiyati Ong xarakteristikasi Hayvon va inson xarakteristikasi Inson psixikasi bilan yuksak tashkil topgan hayvon psixikasi orasida katta farqqa ega bo'lgan ijtimoiy voqelik hukm suradi. Hayvon o'z to'dasidagi a'zolariga yaqqol holat bilan bog'liq bo'lgan, bsvosita favquloddagi vaziyat bilan cheklangan hodisalar yuzasidan «o'zining tili»da xabar uzatishi odatiy hodisa. Odam undan farqli o'laroq nutq vositasida o'z qabiladoshlariga o'tmish (xotirot), hozir-gi davr va kelajak to'g'risida ma'lumot (axborot) berish hamda ijti-moiy turmush tajribalarini uzatish imkoniyatiga ega. Insoniyat-ning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida til tufayli aks ettirish (in'-ikos qilish) imkoniyatlari qayta qurildi, oqibat natijada odam miyasida atrof-muhittimsollari, xususiyatlari aniqroqaks eta bosh-ladi. Buning natijasida yakkahol shaxs kishilik dunyosi tomonidan orttirilgan tajribadan bahramand bo'la bordi, shuningdek, uning uchun noma'lum hisoblangan borliq hodisalari, holatlari, qonuni-yatlari to'g'risidagi bilimlarga egalik qila boshladi. His-tuyg'ular, ichki kechinmalar, taassurotlar, hayajonga soluvchi nafosat timsol-lar yuzasidan zavklanishi, maroq olish imkoniyatlari vujudga kel-di, ularning mazmuni, ma'nosi, mohiyati bo'yicha o'ziga o'zi hisobot berish, ijobiy yoki salbiy ta'sir etishini baholash muammolarini keltirib chiqardi. Hayvonot olami bilan insoniyatning xabar uzatish vositasi ora-sidagi farqi tafakkurda ham o'z aksini topadi. Chunki har qanday psixik funksiya boshqa turdagi, shakldagi, mazmundagi funksiyalar qobig'ida namoyon bo'ladi va muayyan shart-sharoitlar vujudga kelga-nida rivojlanadi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda amaliy (sod-da) tafakkur mavjud bo'lib, chamalash orqali mo'ljal olishga, favqu-loddagi vaziyat yuzaga keltirgan vazifani bajarishga yo'naltiril-gandir. Hayvonlar, aniqrog'i maymunlar ayrim hollarda «qurol» yasash va undan muayyan masala hal etishda foydalanish hodisalari tajri-balarda kuzatilgan, lekin ulardan birontasi tafakkurni mavhum tarzda amaliyotga tatbiq eta bilmagan. Holbuki shunday ekan, hay-vonlar idrok qilish ko'lamidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega emas, binobarin, u yaqqollikdan mavhumlikka o'ta olmaydi, hatto bun-day vaziyatni aks ettirish imkoni ham yo'q. Hayvon yaqqollik, bevo-sita idrok qilishlikni quli bo'lsa, aksincha inson mavhum fikr-lashning gultojisidir. Inson bilan hayvon o'rtasidagi bu boradagi tafovut quyidagilarda mujassamlashadi: a) shaxsning xulq-atvori, faoliyati yaqqollikdan mavhum holatga o'tish imkoniyatiga ega; b) fav-quloddagi vaziyat munosabati tufayli vujudga kelishi ehtimol oqibat-ni oldindan payqash layoqati mavjud; v) qiyinchiliklar uchrasa, ularni yengish uchun qo'shimcha vositalar qo'llash, o'zgartirishlar kiritish bilan ajralib turadi. Shuning uchun avtomobil ishdan chiqsa inson uni sozlaydi, yomg'ir yog'sa narsalarni panaga oladi, ayb ish qilib qo'ysa himoyalanish yo'l-yo'riqlarini o'ylaydi, muammo yechimini qidiradi va hokazo. Shaxs favquloddagi vaziyatning quliga aylanmaydi, ak-sincha u kelajakni ko'ra bilishga qodir, aql-farosat esa bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Faoliyat mahsulini oldindan payqash, fe'l-atvor oqibatini ilgarilab ketib sezish o'quviga egaligi bilan inson ustuvorlik qiladi. Hayvonlarning amaliy tafakkuri ularni yaqqol vaziyatdan bevosita ta'sirotga bo'ysunishni taqozo etadi. Shax-sni mavhum fikrlashga nisbatan qobiliyati muayyan vaziyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.44 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.44 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga