Reja: 1.Psixolog ishining bolalar muassasalariga ko'ra xususiyatlari 2.Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalari ota - onalari va tarbiyachilarining psixologga qiladigan murojaati O'qituvchilar ham alohida e'tibor talab qiladigan obyektdir. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, odatda o'qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo'ladilar. Hamma gap psixolog o'zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o'qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozistiyasi juda muhim rol o'ynaydi. Psixolog pozistiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat: a) pedagog bilan bo'lgan munosabatga ustanovka; b) pedagoglarni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka. v) subyekt - subyekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi munosabatlarga ustanovka. Mana shunday pozistiya pedagoglar bilan bo'lgan konstruktiv hamkorlikni ta'minlay oladi. Dastlabki kezlarda psixolog o'qituvchilarga o'z yordamini haddan tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo'lsa, yordam berishga tayyorligini ma'lum qilsa, shuning o'zi kifoya. Kimdir darrov hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so'ng kimgadir umuman psixolog yordami kerak bo'lmaydi. O'qituvchilar bilan ishlashda bolada ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarga asosan o'qituvchi sababchi bo'layotganini ta'kidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. Shunda u pedagoglar orasida tan olinadi. O'qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targ'ibot ishlarini olib borish maqsadga muvoviqdir. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad kimgadir o'z bilimlarini ko'z-ko'z qilish emas, balki pedagoglarning psixologik madaniyatini oshirishdir. Ushbu mashg'ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o'qituvchilar passiv tinglovchi bo'lib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik ma'lumotga ularni o'z tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil aralash testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat bahsh etadi. Har qaysi maktab psixologi oldidagi savol shuki «O'zim yordamimni taklif qilaymi yoki o'qituvchilar murojaat qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga har kim o'z vaziyatidan kelib chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutmasinki, o'qituvchilarning unga murojat qilishi ularning pedagogik staji va tajribasiga bog'liq emas. Bu ko'proq ularning shaxsiy fazilatlariga: muloqatga kirishuvchanlik darajasi, havotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi yangilikka ochiqligi va boshqalarga bog'liq. O'qituvchilar bolalar haqida har qanday uzoq muddatli psixologik tadqiqotlar natijalaridan ko'ra ko'proq narsa biladi. Ular bolalar bilan har kuni muloqatga kirishadilar va tabiiyki, ularga ta'sir etish uchun ko'proq imkoniyatga egalar. Bas shunday ekan, psixolog o'qituvchining yaqin hamkori va yordamchisi bo'lishi kerak. Psixologlar shuni unutmasinlarki, maktab hayotini o'ziga xos sahna asari deb tasavvur qilsak, undagi rollar quyidagicha taqsimlangan bo'ladi: Bolalar O'qituvchi Psixolog Hisobchi Oshpaz Hurmatli psixologlarga birinchi rol ajratilgan. Psixolog ishining bolalar muassasalariga ko'ra xususiyatlari Turli ta'lim - tarbiya muassasalarida bugun psixolog yangilik emas. Psixologlarning ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatib kelayotganlariga ancha bo'ldi. Biroq xaligacha ko'pchilik bu soha mutaxassislari ishiga biroz shubha aralash nazar bilan qarashmoqda. Bunga ma'lum ma'noda psixologlarning o'zi ham aybdor. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.06 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.06 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: doc