O'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar. O'zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning turlari. Oiladagi o'zaro munosabatlar omili

O'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar. O'zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning turlari. Oiladagi o'zaro munosabatlar omili

O'quvchilarga / Psixologiya
O'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar. O'zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning turlari. Oiladagi o'zaro munosabatlar omili - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar O'zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning tiplari Oiladagi o'zaro munosabatlar omili Reja: Kirish 2. O'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlar 3. O'zlashtirishga qiynalayotgan bolalar psixologiyasi, ularning tiplari 4. Oiladagi o'zaro munosabatlar omili 5. Oilada bolalarni to'ri tarbiyalash shartlari Pedagogik psixologiyada Respublikamiz, sobiq ittifoq va chet el tadqiqotchilari tomonidan o'qituvchi shaxsi va faoliyati psixologiyasi bo'yicha qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. O'qituvchining professional-psixologik portreti, u ega bo'lishi lozim bo'lgan asosiy sifat va qobiliyatlar to'plamlari aniqlangan. Lekin bir hurmatli olimimizning yarim hazil, yarim chin qilib agar bug'doy seleksiyasi bo'yicha amalga o'shirilgan barcha ilmiy tadqiqotlar to'g'ri chiqqanda bug'doy ildizidan uchigacha don tugishi kerak edi - deganidek ilmiy tadqiqotlar son-sanoqsiz-u, lekin hali ham maktablarda o'qituvchilar shaxsi xususiyatlari bilan bog'liq muammolar saqlanib qolmoqda. O'rta va oliy ta'lim tizimida o'qituvchi va tarbiyachilar o'zlarining qo'polliklari va yoshlarga nisbatan taxqirlovchi muomalalarini bolalar bilimli bo'lsin - degan maqsad bilan oqlamoqchi bo'lishadi. Bu xuddi o'sha mashhur maqsad usulni oqlaydi - degan qoidaga o'xshaydi. Go'yoki bunday o'qituvchilar bilim va yetuk shaxs tushunchasi teng kuchli emasligini bilishmasmikan degan tasavvur tuyiladi. Mabodo biror o'quvchi o'qituvchiga e'tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o'qituvchi hukmron. U boladan faqat o'zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: Mening aytganim-aytgan, deganim-degan. Psixologiyada o'qituvchi va umuman inson shaxsi bilan bog'liq tushunchalar ichida Men - konsepsiya tushunchasi alohida o'rin tutadi. Bu tushuncha shaxsning boshqalar bilan munosabatini belgilab beradigan o'zi haqidagi tasavvurlar to'plamidan iborat deb izohlanadi. Ta'lim-tarbiya jarayonida esa Men- konsepsiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi, chunki o'qituvchi o'quvchilarga o'zi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib baho beradi, ularga o'zi o'zlashtirgan tajriban uzatadi, singdiradi. Agar o'qituvchi ijobiy Men- konsepsiyaga ega bo'lsa, ya'ni unda shaxsiy to'laqonlik hissi mavjud, yetarlicha emotsional barqaror va yetuk bo'lsa unda bunday o'qituvchining bolalar bilan munosabati faqat ijobiy tasavvurlar asosiga quriladi, o'qituvchi bolalardan o'ziga nisbatan salbiy munosabatni kutmaydi, chunki bunday o'qituvchida o'z-o'zini baholash bilan bog'liq muammo bo'lmaydi. O'z-o'zidan ma'lumki o'qituvchining ijobiy Men - konsepsiyasi o'quvchi shaxsi shakllanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki inson yoshidan qatoiy nazar o'z faoliyatiga nisbatan ijobiy baholashga ehtiyoj sezadi, bunday munosabat va ibrat esa bolada ijobiy xarakter xislatlarini shakllantirishda ham muhim rol o'ynaydi. Agar o'qituvchi salbiy Men - konsepsiyaga ega bo'lsa, buning oqibati o'quvchi shaxsi uchun og'ir, ba'zan fojeali oqibat bilan tugashi ham mumkin. Nima uchun o'qituvchining ijobiy Men - konsepsiyasi, yetukligi va emotsional barqarorligi shunchalik muhim. Gap shundaki aksariyat bolalarning asosiy muammolari ularning o'qituvchilar bilan o'zaro hamkor munosabatlarida namoyon bo'ladi. Ba'zan o'quvchilar o'zlarining luqmalari, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.89 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.89 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga