O'quvchilar jamoasida shaxslarning o'zaro munosabatini aniqlash

O'quvchilar jamoasida shaxslarning o'zaro munosabatini aniqlash

O'quvchilarga / Psixologiya
O'quvchilar jamoasida shaxslarning o'zaro munosabatini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilar jamoasida shaxslarning o'zaro munosabatini aniqlash Sotsiometriya metodikasi va uni o'tkazish. Sotsiometriya so'zi o'lchash, o'rganish (sotsio - jamoa, metriya -o'lchash) degan manoni anglatadi. Sotsiometrik metodning asoschisi - amerikalik mikrosotsiolog olim Djon Morenodir. Sotsiometrik so'rov usuli bir qancha kamchilik va nuqsonlarga ega bo'lishiga qaramay keng psixologik amaliyotda qo'llanilib kelinayotgan metodikalardan biridir. Ishning bajarilishi. Bu metod yordamida jamoa yoki guruhni o'rganish uchun guruh a'zolariga savol beriladi. Bu savol sotsiometrik mezon deb ataladi. Sotsiometrik mezon guruh hayoti uchun muhim bo'lishi, guruh hayotini aks ettirishi kerak. Masalan maktab o'quvchilari uchun «Siz sinfdoshlaringizdan kim bilan bir partada o'tirishni hohlaysiz?» degan mezon muhimdir. Ammo kollejlar yoki institut talabalar guruhida bu muhim emasdir. Misol: Bir partada o'tirish uchun o'rtoq tanlash metodi. Tekshirish muvaffaqiyatli o'tishi uchun osoyishta, ishchi sharoit zarur. O'qituvchi (talaba) o'quvchilar bajarishi kerak bo'lgan topshiriqni aniq tushuntiradi: Bolalar, kelgusi chorakdan sizlarni partalarga o'z hohishlaringiz bilan o'tirtirmoqchimiz. Hozir bir varaq qog'oz olib, Siz kim bilan birinchi navbatda birga o'tirishni hohlasangiz uning familiyasini yozing, bordi-yu biz Sizni o'zingiz tanlagan kishi bilan o'tirgiza olmasak, u vaqtda yana kim bilan o'tirishni istardingiz, o'sha sinfdoshingizning familiyasini yozing. Basharti birinchisi bilan ham, ikkinchisi bilan ham o'tirishingizning iloji bo'lmay qolsa u vaqtda qaysi sinfdoshingiz bilan o'tirgan bo'lardingiz. Shuning familiyasini yozing. 1. 2. 3. Endi xuddi shu tartibda kim bilan o'tirishni hohlamacligingizni ko'rsating (agar shundaylar bo'lsa). 1. 2. 3. To'g'ri mezon tanlash uchun guruhni o'rganish, ularning hayotida nima muhim ekanligini bilish zarurdir. Tanlanayotgan mezon guruhni qaysi faoliyat jarayonida o'rganishni maqsad qilib qo'yganligiga bog'liqdir (o'yin, o'qish, mehnat). Ish oson bo'lishi uchun o'quvchilarga savolni kartochka ko'rinishida tayyorlab beriladi. Savollar kartochkasi Sotsiometrik mezon (savol) Hohlayman (Ismi Hohlamayman yoki familiyasini (Ismi yoki ko'rsating) familiyasini ko'rsating) 1 Agar sizning guruhingizni qayta 1 1 tuzmoqchi bo'lsalar, siz guruhda kimlar 2 2 bilan birga qolishni hohlaysiz? Kim 3 3 bilan birga o'qishni hohlamaysiz? 4 4 2 Siz uchun qiyin bo'lgan daqiqalarda 1 1 kimlarga murojaat qilar edingiz? 2 2 Kimga murojaat qilishni 3 3 hohlamaysiz? 4 4 Yotoqxonada o'z guruhdoshlaringizdan 1 1 kim bilan bir xonada yashashni hohlar 2 2 edingiz? Kim bilan hohlamaysiz? 3 3 4 So'rov ma'lumotlari jadval matritsa (sotsiometriya jadvali) tarzida rasmiylashtiriladi. Sotsiometriya jadvalining ko'rinishi Tanlovda kimni afzal ko'rish tartibi «1,2,3… » raqamlari bilan, istamaslik hollari «-1,-2,-3 …» belgisi bilan ifodalanadi. Sotsiometriya jadvali to'ldirilgandan keyin o'zaro tanlashlar aniqlanib, ular aylanaga olinadi. Masalan, bir o'quvchi ikkinchisini tanlab, ikkinchisi ham birinchini tanlagan bo'lsa, bu o'zaro tanlashdir. O'zaro tanlashlar aylanaga olish bilan belgilanadi. Navbatdagi vazifa jadvaldagi barcha natijalarni jadval pastidagi qatorlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 357.33 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 357.33 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga