O'quvchilar jamoasidagi va oiladagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi va uni bola shaxsi shakllanishiga ta'siri

O'quvchilar jamoasidagi va oiladagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi va uni bola shaxsi shakllanishiga ta'siri

O'quvchilarga / Psixologiya
O'quvchilar jamoasidagi va oiladagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi va uni bola shaxsi shakllanishiga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilar jamoasidagi va oiladagi shaxslararo munosabatlar psixologiyasi va uni bola shaxsi shakllanishiga ta'siri REJA Bolalar jamoasidagi va oiladagi shaxslararo munosabatlar haqida tushuncha. Guruhlar klassifikastiyasi, ya'ni referent guruhi haqida tushuncha. Guruhiy o'zaro moslikning komponentlari, ya'ni fiziologik, psixologik, ijtimoiy-psixologik va ma'naviy o'zaro moslik tushunchalari. Shaxsning guruhdagi sostiometrik mavqeini aniqlash yo'llari haqida tushuncha. Pedagogik jamoa va bolalar guruhlari haqida tushuncha. Jamoadagi guruhbozlik haqida tushuncha. Pedagogik jamoa va bolalar guruhlarining ma'naviy-psixologik holatini tashxis va tahlil qilish hamda muammolarni bartaraf qilish. Oiladagi shaxslararo munosabatlar va ularni bola shaxsining shakllanishiga ta'siri haqida tushuncha. Shaxs va individ tushunchasining - B.G.Ananev, A.N.Leontev, B.F.Lomov, S.L.Rubinshteyn va boshqalar inkor etishadi. Shaxs individlararo munosabatlar subyekt. Individ va shaxs tushunchalarining bir-biriga mos kelmasligi va aynan o'xshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatining har bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, qadriyatlari va mohiyati orqali namoyon bo'ladigan shaxslararo munosabatlarining mavjudligi anglanishi mumkin. Bunday shaxslararo aloqalar realdir, lekin ular tabiatan g'ayrihissiydir. Ular jamoaga kiradigan odamlarning konkret individual xususiyatlari va xatti-harakatlarida namoyon bo'ladi, lekin ularning sababchisi bo'la olmaydi Ular har bir individlararo aloqalar sistemasida va undan kengroq miqyosda-ijtimoiy munosabatlar sistemasida egallaydigan alohida mavqeini belgilab beradigan ana shu shaxsiy xislatlarini namoyon qiladigan guruh shaklidagi o'sha faoliyatning alohida fazilatini tashkil etadi. Shaxsni jamoada shakllantiradigan shaxslararo aloqalar, tashqaridan qaraganda, konkret faoliyatga mos munosabatlar yoki subyekt munosabati kabilida yonma-yon mavjud bo'lgan subyekt-subyekt munosabati shaklida yuzaga chiqadi. Lekin bilvosita namoyon bo'lish momenti, fakti faqat konkret faoliyatining emas, balki munosabatning ham eng muhim tarkibiy qismi bo'lib qoladi. Jamoa va jamoa a'zolarini tarbiyalash ijtimoiy maqsadlarga qaratilishi, birinchidan jamoaning qiziqishini ustun qo'yishga, qobiliyatli bo'lganlarni tarbiyalashga qaratilishi lozim. Psixologiyada individuallikning ko'pgina xislatlari-moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, mayillik darajasi, tashvishlanish va shular kabi aniqlangandir. Bular jamlanib individning o'ziga xosligini ko'rsatadi. Bu psixologik hodisalar o'z mohiyatiga ko'ra o'zaro munosabatda bo'lib, oshkora yoki oshkora bo'lmagan holda allaqanday muhitning mavjudligini taqozo etadi. Shaxs aynan shunday muhitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik tashvishlanish va hoka'zolarni namoyon qiladi. Bordiyu, agar odamlarning individual fazilatlari bu tadqiqotlarda izchil, o'zgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bo'lsa, u holda sostial muhit o'zgarmaydigan, shakllanmagan (amorf), mazmunsiz, umuman muhit sifatida tasavvur qilinadi. Shaxsning tuzilishidagi biologik va ijtimoiy omillar-Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning o'zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murakkab va munozarali masalalardan biridir. Psixologiyada ikkita omil bo'lib, birinchisi biologik omil ikkinchisi esa ijtimoiy omillardan iborat bo'ladi. Shaxs esa shu omillar ta'sirida shakllangan ikkita asosiy kichik tuzilish borligini alohida ta'kidlaydigan nazariya sezilarli o'rin egallaydi. Inson shaxsining o'zi endopsixik va ekzopsixik tuzilishiga bo'linadi, degan fikr ham ilgari surildi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.31 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.31 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga