o'rta asr psixologiyasi o'rta asr mutafakkirlarining rux va ruhiy hayot haqidagi mulohazalari I.Damaskin ta'limoti Platon bilan Aristotel yaratgan rux haqidagi ta'limot o'rta asrlarda - sharqda xam, g'arbda xam xukmron bo'lib koldi. Psixologiyadagi bu oqim keyinchalik (XVII asrda) metafizik yoki ratsionalistik psixologiya deb nom oladi. Bu psixologiya shuning uchun xam metafizik deb ataladiki, uning tekshirish predmeti bo'lgan - rux, psixik protsesslar - fizik hissiy dunyo chegarasidan tahkarida mavjud mohiyat, gayri jismoniy bir narsa deb tushuntiriladi; shuning uchun xam ratsionalistik deb ataladiki, uning tekshirish metodi tajribadan ajratilgan fakat kuruk mulohazadan iborat edi. o'rta asr mutafakkirlarining rux va ruhiy hayot haqidagi mulohazalari, asosan, ruxning mohiyati haqidagi, uning kuchi, kobiilyatlari va kelib chiqishi haqidagi, uning tana ulgandan keyingi taqdiri haqidagi, ruxning tanaga bo'lgan munosabati haqidagi masalalarga qaratilgan edi. Ruxning mohiyati haqidagi masala, odatda, Platon va Aristotellarda qanday xal qilingan bulsa, xuddi shunday xal kilinar edi. Rux o'z tabiyatiga ko'ra barcha moddiy va jismoniy narsalarga qarama-qarshi kuyilar edi. Rux o'z tabiyatiga ko'ra alohida qobiliyatlarga egadir, deb fikr yuritilardi Avgustin Ipponskiy (353-430 y.) Birinchi bo'lib kishining boshqa ruhiy qobiliyatlari orasida irodaning muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritgan. Deterministlar Deterministlar (lat. determinare - belgilamok) inson irodasi xam, dunyodagi xamma narsalar singari, sababiyat qonuniga buysunadi, binobarin, insonning barcha irodaviy harakatlari xam erkin emas, balki zaruriyat bilan, o'z sabablari bilan belgilanadi, deb ta'lim berdilar. Indeterministlar Inson irodasi va uning xatti-harakatlari xar qanday sababiyatdan xoli hamda zaruriyatga bog'liq emas, deb ta'lim berdilar. Indeterminizm sof idealistik ta'limot edi. Realistlar Umumiy tushunchalar («universallilar» usha vaqtda shunday deb atashardi) real, obyektiv holda mavjuddir va inson aklida yakka narsalarga bog'liq bo'lmagan holda aks etadi, deb davo kildilar. Shunday qilib, realistlar fakat Platonning narigi dunyo ideya (g'oya)lar dunyosi haqidagi, xar bir kishi aklidagi bu ideyalarning tugma ekanligini haqidagi ta'limotini takrorladilar, xolos. Nominalistlar Nominalistlar (lat. nominale - nom, ot) umumiy tushunchalarni fakat predmetlarning nomlaridir, deb hisoblaydilar. Realistlarga qarama-qarshi ularok, nominalistlar fakat individual sifatlarga ega bo'lgan alohida-alohida narsalargina real mavjuddir, deb davo kildilar. Umumiy tushunchalar esa fakat biz butun bir klassga kiradigan predmetlarning xammasiga tatbik kilinadigan so'zlardir. Ayrim psixik protsesslarni tushuntirishda xam bazi bir psixologlarda materialistik element va tendensiyalar namoyon buldi. Masalan, o'rta Osiyolik vrach va filosof Ibn Sino (980-1037 y.) va arab mutaffakiri Ibn Rashid (1125-1198 y.) lar Aristotelga ergashib, «sezuvchi ruxning harakatlanuvchi va jozibador kuchlarini» o'rganish uchun harakat kildilar. Ular sezgilarni ularni keltirib chikargan kuzovchilardan farq qilish zarurligi haqidagi masalani kuyadilar, ong faoliyati bilan fiziologik protsesslar o'rtasida yaqin aloqa va bog'lanishlar urnatishga intiladilar. qadimgi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
210.71 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
210.71 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
Arxiv ichida: ppt