O'smirlar ijtimoiy dezataptatsiyasi

O'smirlar ijtimoiy dezataptatsiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlar ijtimoiy dezataptatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'smirlar ijtimoiy dezataptatsiyasi Reja : 1. O'smirlik davrida deviantsiyaning yuzaga kelishi shart sharoitlari 2. Deviatsiya turlari 3. O'smirlarda deviant xulq atvorning kelib chiqish sabablari 4. Deviatsiya konsepsiyasi O'smirlik davrida deviantsiyaning yuzaga kelishi shart sharoitlari O'smirda maktabga bo'lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab bo'ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo'luvchi, maktab baholariga befarq bo'ladigan, o'quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo'ladilar. -O'quv dezadaptatsiya - bolaning maktabga bo'lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki ikki fanni o'zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir. Maktab dezaptatsiya maktab dezaptatsiya - bolaning yosh xususiyatida ta'lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda xulqiy buzilish holatlari o'qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko'rinishida o'ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo'ladi. ijtimoiy dezadaptatsiya ijtimoiy dezadaptatsiya - bolaning o'qishga bo'lgan qiziqishi, maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish, spirtli ichimliklarga, giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo'ladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og'ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo'ladi. SHunday oilaviy o'zaro munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga yetmaganlarning assotsial xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi: - jamiyatda o'rnatilgan axloq me'yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo'lib, yolg'onchilik, dangasalik, o'g'rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish va boshqa ko'plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi. Deviatsiya turlari Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko'rinishlaridan hisoblanadi: Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o'rnatilgan qonun va me'yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi. Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud: 1) Alkogolni har-har zamonda iste'mol qilish. 2) Alkogolni ko'p iste'mol qilish - spirtli ichimliklarni mumtazam, ya'ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o'rtada tanaffus bilan ko'p miqdorda (200 ml.dan oshiq). Bu ko'pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm - spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o'rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik. GIYOHVANDLIK. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo'yish va tibbiy ko'rsatmalarsiz iste'mol qilish. Fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turga bo'lib o'rganiladi: 1. Konkubinat - nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik - pul uchun o'z tanasini sotish. G'arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharqda ikkala holatga ham me'yordan og'ish sifatida qaraladi. «Byurokratiya» «Byurokratiya» termini asilda «hokimiyanga ega bo'lgan xodim» degan ma'noni anglatadi. Biroq davrlar o'tishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qog'ozbozlik, to'rachilik, mansabni suiste'mol qilish kabi salbiy ma'nolarda qo'llanila boshlaydi. Hozirgi kuyda ko'plab davlatlarda «byurokratiya» termini asl ma'nosini yo'qotib, boshqaruvdagi o'ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi. Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chikkan ta'limot sotsiologiyada yetakchi o'rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiya g'oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta'rif beradi: «Deviant ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.26 MB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga