O'smirlarning psixologik xususiyatlari

O'smirlarning psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlarning psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'smirlarning psixologik xususiyatlari Reja: O'smirlarning psixologik xususiyatlari Yoshlik psixologiyasi Ta'lim psixologiyasi Bola rivojlanishida o'smirlik davrining o'rni va ahamiyati O'smirlik davri chegaralari taxminan 5-8-sinfiga to'g'ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo'lgan davrni qamrab oladi, lekin o'smirlik yoshiga o'tish 5-sinfga o'tish bilan mos tushmasligi va bir yil oldin yoki keyin sodir bo'lishi mumkin. O'smirlik davrining alohida vaziyati uning nomlarida ifodalanadi: «o'tish», «keskin o'zgaruvchan», «mushkul», «tanqidiy». Ularda bu yoshda sodir bo'ladigan rivojlanish jarayonlarining murakkab va muhimligi qayd etilgan. Bu hayotning bir davridan boshqasiga o'tish bilan bog'liq. Inson rivojlanishining barcha yo'nalishlari bo'yicha (jismoniy, aqliy, ruhiy, axloqiy, ijtimoiy) katta sifat va miqdoriy o'zgarishlar ro'y beradi. O'smir shaxsi rivojlanishning muhim omili - uning shaxsiy faolligi - shaxsiyat, o'zini e'tirof etish va aniqlash jarayoni faol kechadi - biroq bu jarayon bir tekis emas. Bir tomondan o'smirlarda «kattalik» namoyon bo'la boshlaydi, boshqa tomondan esa hali «bolalik» qoladi. O'smirlarning rivojlanishining umumiy yo'nalishlari turlicha bo'lishi va har bir yo'nalish ko'plab variantlarga ega bo'lishi mumkin. Bu masala muhim pedagogik ahamiyatga ega. O'smir organizmining o'zgarishi O'smirlik yoshida muhim o'zgarishlar ro'y beradi, ular organizmning jismoniy o'sish va biologik voyaga etishi bilan bog'liqdir. Musiqiy tarbiyada bu yosh ovoz apparatining mutasiyasi davri bilan bog'liq. Ovoz apparati yiriklashadi, ovoz yo'g'onroq, pastroq bo'lib boradi. SHuningdek, ovoz buzilishlari ham shu davrga xosdir. Bu yoshda ovoz apparatining haddan ortiq tessiturasidan qochib, vokal repertuari tanloviga ehtiyotkorona yondashish lozim. Organizm o'sishidagi sakrashlar, endokrin tizimdagi o'zgarishlar, gipofiz faoliyatidagi faollik, jinsiy voyaga etish, Yurak, mushak, butun organizmning mustahkamlanishi insonning psixik, aqliy va ruhiy o'sishida muhim o'zgarishlarga olib keladi. SHunga qaramay, o'smirlik davridagi «tanglik»ni tushuntirishdagi nazariy fikrlar taraqqiyoti shunday umumlashmani Yuzaga keltiradiki, unga ko'ra, o'smirlik davrining namoyon bo'lishi va o'tishi hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlar, o'smirning rivojlanishi, uning kattalar olamidagi mavqeiga bog'liq. O'smirlik davriga o'tishda shaxsdagi markaziy shakllanish O'zini endi bola emas, katta deb his qilish, katta bo'lishga harakat qilish o'smir shaxsiyatidagi markaziy va spesifik yangilik hisoblanadi. Kattalik hissi deb ataluvchi xususiyatning o'ziga xosligi shundaki, o'smir o'zining bola ekanligini inkor etadi. Garchi atrofdagilar uni katta deb e'tirof qilishini istasa-da, o'smirda hali unda haqiqiy va to'laqonli kattalik hissi yo'q. Spesifik yangidan shakllanish sifatida kattalik hissi - shaxsning asosiy xususiyatidir. CHunki u o'smirning o'ziga, odamlar va dunyoga munosabatida yangi hayotiy nuqtai nazarni ifodalaydi, uning ijtimoiy faolligi, bir me'yor va qadriyatlardan boshqasiga - bolalarnikidan kattalarnikiga moslashishdan iborat spesifik yo'-nalishni belgilaydi. O'smirning kattalarga o'xshashga urinishi tashqi tomondan ular kabi bo'lish, kattalar hayoti va faoliyatining ayrim taraflariga qo'shilishda kattalar xislatlari, malakalari, xulqlari, mavqelarini o'zlashtirishga harakat qilishida namoyon bo'ladi. O'smirlar va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.43 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.43 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga