O'smirlik davri psixologiyasi

O'smirlik davri psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlik davri psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

O'smirlik davri psixologiyasi Reja: O'smirdagi asosiy psixologik o'zgarishlar. O'smirda bilish jarayonlarining o'sish va o'qish faoliyati. O'smirlarning tarbiyasi qiyinchilik xususiyatlari va uning kelib chiqish sabablari. Tarbiyasi qiyin o'smirlar tipologiyasi. Xarakter aksentuasiyasi Xarakter aksentuasiyasi - K.Leongard tomonidan kiritilgan tushuncha bo'lib, xarakter ba'zi sifatlarning yorqin ifodalanganligining namunasidir. Xarakter akcentuaciyasini bilish o'smirlarga individual yondashish, kasbga yo'naltirish kabilarda zarurdir. O'z-o'zini baholash - shaxsning o'zini boshqalar bilan taqqoslash va refleksiya natijasida o'z-o'zini baholash murakkab va o'zgaruvchan bo'lib, shaxs strukturasida katta o'rin tutadi. Anatomo - fiziologik xususiyatlari. Anatomo - fiziologik xususiyatlari. Butun endokrin sistemasining, xususan gipofizning aktivlashishi tufayli o'smir organizmida sifat jihatdan o'zgarishlar yuz beradi. Bu holat qizlarda 11-13, o'g'illarda 13-15 yoshda bo'lib, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo'ladi, o'smirning tashqi ko'rinishi o'zgaradi. Muskullar massasi va muskul kuchi o'sadi, bu holat jinsiy etilish davrining oxiriga borib tezlashadi. Ichki organlar, xususan yurak o'sadi. Ba'zan yurak qon-tomir sistemasida patologik o'zgarishlar yuz beradi. O'tish davrining inqirozi haqida nazariy qarashlar. Biogenetik yo'nalish vakllari S.Xall va Z.Freyd bu inqiroz biologik shartlanganligi tufayli muqarrardir deb hisoblasalar, amerikalik antropologlar M.Mid va R.Benedikt o'smirlik inqirozi ijtimoiy munosabatlarning natijasidir deb isbotlaydilar. R.Benedikt bolalikdan kattalikka o'tishning 2 usulini ko'rsatadi. O'smirlardagi asosiy psixologik o'zgarish. O'smir o'zini asta-sekin katta odam deb his qila boshlaydi, lekin ko'p odat va xususiyatlari bolalarcha bo'lib qoladi. Bu hissiyot kattalik hissi deb ataladi va o'smirlikdagi asosiy psixologik yangilikdir. Bu his o'smirda o'ziga, atrof muhitga, odamlarga nisbatan yangi hissiy poziciyani yuzaga keltiradi. U bolalar xulq-atvorini kattalar xulqi va qadriyatlariga qayta orientaciya qila boshlaydi. O'smir o'z huquqlari doirasini kengaytiradi, kattalarni esa cheklashni xohlaydi. Bilish jarayonlarining o'sishi. O'smirning qiziqishlari ortadi, bilish faoliyati maktab programmasidan tashqariga chiqadi, mustaqil o'qiy boshlaydi. Uning tafakkurida tanqidiylik, mustaqillik hosil bo'ladi. O'qituvchi o'quvchilarga o'quv materiallarini taqqoslashni, mavhumlashtirishni, o'z fikrini to'g'ri, ravon va aniq ifodalash yo'lini tushuntirib berishlari lozim. O'smirlarning o'quv faoliyatida, o'quv materialini o'zlashtirish darajasida, umumiy intellektual rivojlanishida turli darajadagi o'quvchilarni uchratish mumkin. O'quv faoliyatidagi kamchiliklar kichik sinflarda bilinmagan bo'lsa, V-VI sinflarda o'zlashtirishi keskin farqlanadigan bolalar ko'zga tashlanib qoladi. O'smirlarda nazariy, formal va refleksiv tafakkur turlari shakllanadi. Xotira, idrok jarayonlari ham intellektualizaciya bo'la boshlaydi, ya'ni o'smir o'quv materiallarini tushinib idrok qilish va eslab qolishni o'rgana boshlaydi. O'smirlarning o'z-o'zini anglashi sifat jihatidan o'zgaradi. O'zi haqida uylash, o'zini boshqalar bilan taqqoslash o'smirning xususiyatidir. O'smir o'z kamchiligi ustida uylaydi, o'zidan qoniqmaslik hissi paydo bo'ladi. Ko'pchilik o'smirlar kattalarga o'xshaydigan o'z tenglashlariga o'xshashga harakat qiladilar. Tarbiyasi qiyin o'smirlarni bir necha shartli guruhlarga ajratish mumkin: orsiz, subutsiz o'smirlar; mustaqil fikrga ega bo'lmaganlar; shaxsiy talab va ehtiyojlarini qondirish uchun qonunbuzarlik yo'liga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 424.82 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 424.82 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga