O'smirlik davrining psixologik xususiyatlari

O'smirlik davrining psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlik davrining psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: o'smirlarning anatomik-fiziologik rivojlanishi xususiyatlari. Akseleratsiya nazariyalari va o'smirlik yoshi. o'smirlik yoshida shaxs sifatlarining shakllanishi. o'smirlarning o'quv faoliyati. «Tarbiyasi qiyin» o'smirlar va ular bilan ishlash. Bolalar rivojining 11-12 yoshdan 14-15 yoshlargacha bo'lgan davri - o'smirlik yoshi deb aytiladi. o'smirlik insonning balogatga etish davri bo'lib, o'ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pogonalaridan keskin farqlanadi. o'smirda ruy beradigan biologik o'zgarishlar natijasida uning psixik hayotida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o'sish va jinsiy etilish amalga oshadi. Bolaning buyi 11-12 yoshida yiliga 6-7 sm, xatto 10-sm gacha o'sishi mumkin. Birok bu bosqichda kizlar ugil bolalarga karaganda tezrok usadilar. Bu o'sish 13-14 yosh oxirlarida ugil bolalar va kizlarda tenglashadi. Un besh yoshga kadam kuyganda ugil bolalar kizlarni ortda koldirib ketadilar. Shundan keyin to umrining oxirigacha o'sishda ugil bolalar ustunlik kiladilar. o'smirlik davrida buy bilan tana nomutanosib ravishda usadi, natijada bolalar orik, nimjon va novcha bo'lib kurinadilar. Buylari tez usganligi uchun kiyimlari qisqa vaqt ichida kalta bo'lib koladi, bu esa ularning ruhiyatiga qattiq ta'sir qiladi, guyoki atrofdagi odamlar unga karayotganday, «ukasining kiyimini kiyib olganday» tuyuladi. o'smir ichki organlarining o'sishida xam shunday nomutanosiblik bo'ladi. o'pka sigimi kattalashadi, yurak faoliyati kuchayadi, lekin kon tomirlari kengayishi bundan ortda koladi, natijada o'smir tez charchaydigan, tezda rangi uchadigan, xolsizlanadigan, boshi aylanib, xatto yikilib koladigan bo'ladi. Tez usayotgan organizm kuprok oqsil moddalarini, kuprok kislorodni talab qiladi, bularni esa bola tez harakat qilish orkaligina oladi. Shuning uchun xam o'smirning harakatsiz bir yerda turib qolishi unga qiyinchiliklar keltirib chikaradi. o'smirning sinfda, dars paytida xam o'rnidan turib ketishi, u yon - bu yonga qarashi, kimirlashi, sumka-sidan biror narsani olib eb utirishining sababini xam shu bilan izoxlash mumkin. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar bilan mashg'ulot olib borayotgan o'qituvchi birmuncha «raxmdil, kechirimli, bazan o'zini kurmaganga oladigan» xam bo'lishiga to'g'ri keladi. Mazkur davrda tananing umumiy xajmidan 7-8 foizini kon tashkil qiladi, kon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110-115 mm darajasida bo'ladi. Yurak qisqarishining chastotasi sekinlashadi, masalan, 11 yoshda minutiga 85-90 marta ursa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi. o'pkaning tiriklik sigimi kuyidagicha bo'ladi: ugil bolalarda - 11 yoshda 1900-200 ml, 15 yoshda - 2600 -2700 ml, kizlarda - 11 yoshda 1800-1900 ml, 15 yoshda 2500-2600 ml. Shuning uchun nafas olish xar dakikada 2 marta kamayadi. o'smirlarda ichki sekretsiya bezlari funksiyasi xam uzgaradi, bu esa jinsiy etilishni tezlatadi. Markaziy nerv tizimida kuzgaluvchanlik uzgaradi, natijada yakkol his-tuyg'ular paydo bo'ladi. Kalkonsimon bez faoliyatining kuchayishi kuzgaluvchanlik, asabiylashish va toli-kishni keltirib chikaradi. Bosh miya kobigida tormozlanish jarayonining susayishi shiddatli emotsional ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.71 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.71 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga