O'smirlik yosh davri psixologik xususiyatlari

O'smirlik yosh davri psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlik yosh davri psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'smirlik yosh davri psixologik xususiyatlari Mavzuning maqsadi: Talabalarda o'smirlik yosh davriga xos psixologik xususiyatlar, o'smir shaxsining shakllanishi, psixologik va fiziologik o'zgarishlar haqida tushuncha hosil qilish. Yosh davrlari: go'daklik davri ilk bolalik davri maktabgacha tarbiya yosh davri kichik maktab yosh davri kichik o'smirlik yosh davri katta o'smirlik yoki ilk o'spirinlik yosh davri O'smirlik davri - eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Ilk o'smirlik 11-13 yoshlarni, katta o'smirlik 14-15 yoshlarni o'z ichiga oladi. Bu davr «pubertat», «o'tish», «og'ir», «qiyin» davr deb ataladiki, bu bolalikdan, o'spirinlik, kattalikka , yoshlikdan yetuklikka o'tish davri hisoblanadi. O'smirlik yoshida bolalikdan kattalik holatiga o'tish jarayoni sodir bo'ladi. O'smirda psixik jarayonlar keskin o'zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatlarda o'smirlarning muomalasida qatiy o'zgarishlar vujudga keladi. O'smirlar bilan munosabatda ularning mustaqilligi, faolligi, tashabbuskorligi, o'zini boshqarishini hisobga olib, ortiqcha homiylik, g'amxo'rlik qilmaslik ijobiy samaralar beradi. O'smirlik davri xususiyatlarini tadqiq qilgan D.B.Elkonin takidlashicha, o'g'il va qizlarning bu yoshda o'rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining hayotiga qiziqishi yorqin namoyon bo'ladi. O'tish davri o'zgarishlari O'tish davri o'zgarishlari Zulfiya opa keyingi paytlarda 7- sinfda o'qiydigan o'g'lining o'zini tutishidan norozi. Mo'min qobilgina Diyorbek tajang, serzarda, nimalardandir norozi kayfiyatda yuradi. Ishdan charchab kelgan Zulfiya opa o'g'lidagi bu holatlarga etibor bermaslikka harakat qiladi. U bilan tortishsam avjiga chiqadi , hali bu holat o'tib ketadi deb o'ylaydi. Savollar: Zulfiya opaning bu xatti-harakatini maqullaysizmi? Diyorbekdagi bu o'zgarishlar sababi nima deb o'ylaysiz? Yosh davri psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Diyorbekka qanday psixologik yordam ko'rsatilishi zarur? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G'oziev E.G'. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). Toshkent 2002 y. 2. Davletshin M.G. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. O'quv-uslubiy qo'llanma. Toshkent 2004 y. 3. ww.google.o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 761.74 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 761.74 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga