O'smirlik yoshidagi o'g'il va qizlarning o'ziga xos psixologik xususiyatlari

O'smirlik yoshidagi o'g'il va qizlarning o'ziga xos psixologik xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
O'smirlik yoshidagi o'g'il va qizlarning o'ziga xos psixologik xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: O'smirlik davri haqida tushuncha O'smir organizmida ro'y beradigan o'zgarishlar O'smirlik avtonomiyalari Jinsiy balog'atga yetish Jinsiy balog'atni erta yoki kech yuzaga kelish xususiyatlari O'smir qizlarda kuzatiladigan o'zgarishlar O'smir o'g'il bolalarda kuzatiladigan o'zgarishlar O'smirlarda do'stlik, yoqtirish, sevgi hislari Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo'lmish yosh psixologiyasi fani bevosita inson psixologiyasining namoyon bo'lishi va rivojlanishini turli yoshlarda qanday kechish xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o'rganadi. Psixologik xususiyatlarni namoyon bo'lishining yosh xususiyatlari o'rganilar ekan, shuni nazarda tutish kerakki, yosh psixologiyasida turli yosh davrlari bir-biridan sezilarli farqlanadi. Bular: chaqaloqlik, ilk bolalik, maktabgacha ta'lim yoshi, kichik maktab yoshi, o'smirlik, ilk yoshlik, yoshlik, yetuklik va keksalik davrlaridir. Bu davrlarning har biri o'ziga xos xususiyatlarga, sifatlarga ega bo'lib, ular bir-biridan odamning xronologik yosh ko'rsatkichlariga ko'ragina emas, balki shu davrda inson ruhiyatida kechadigan hodisalar, ro'y beradigan o'zgarishlar, uning ruhiyatidagi umumiy qonuniyatlarga ko'ra ham farqlanadi. Biz o'smirlik davri psixologiyasi haqida to'xtalib o'tamiz. O'smirlik davri insonni bolalikdan - yoshlikka o'tuvchi va o'z navbatida boshqa davrlardan o'zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o'qish paytlariga to'g'ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo'lgan davr oralig'ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin. O'smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyotlarda «o'tish davri», «og'ir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «og'irligi», «keskinligi», «murakkabligi» nimalar bilan asoslanadi? O'smirlik davrining og'ir, murakkab davr ekanligi ko'plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog'liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o'zgaradi. Bu davrda o'smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qaramaqarshi bo'lgan turli xil an'analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning o'z-o'ziga va atrofdagilarga nisbatan bo'lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi. Uning qiziqishlari tizimi, ijtimoiy yo'nalganligi qaytadan shakllanadi, o'z-o'zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o'zgaradi. Uning uchun o'z «men»i va shu «men»ning ahamiyati ortadi. O'SMIR ORGANIZMIDA RO'Y BERADIGAN O'ZGARISHLAR O'smir organizmida ro'y beradigan o'zgarishlar shundan iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida tub o'zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog'atga yetish jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o'zgarishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishi bilan boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining vazifalari faollashadi. Uning old qismidan ajralib chiqadigan garmon organizm to'qimalarining o'sishi va boshqa muhim ichki sekretsiya bezlari (qalqonsimon bez, buyrak usti va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Ularning faoliyati o'smir organizmida ko'plab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.21 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.21 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga