Ovoz funksiyalarining buzilishi ovoz fiziologiyasi Reja Ovoz funksiyalarining buzilishi Ovoz fiziologiyasi Ovoz-O'pkadan chiqayotgan havoninng hiqildoqdagi ovoz boylamlarning tebranishidan har xil balandlikda, kuch va tembrda hosil bo'ladigan tovushlar yig'indisidir. Ovoz balandligi ovoz boylamlarining tebranish takrorligiga bog'liq bo'ladi. Ovoz boylamlari qanchalik uzun va tarang tortiladigan bo'lsa, ovoz shunchalik baland chiqadi. Ovoz balandligi hiqildoq mushaklarining ishiga qarab uzgaradi. Ovoz kuchi ovoz boylamlarning tebranish tezligiga, bir-biriga nechog'li zich jipslashuviga, chiqib kelayotgan havo oqimiga bog'liq. Ovoz tembri ovozning asosiy toniga obertonlar (qo'shimcha ton) qo'shilishi va hiqildoqning tuzulishi xususiyatiga bog'liq bo'lib, odamni ovozidan tanish imkonini beradi. Katta yoshli odam ovozning balandligi kattagina darajada uzgara oladigan bo'lib, 4-5 tonni o'z ichiga oladi. Bolalar ovozining diapozoni ancha kichik. 2-3 yashar bola ovozining balandligi 3 tondan oshmaydi. (Diapazon - kishi ovozi balandligining eng past va eng yuqori chegarasi doirasining hajmi). Dapazonning qanday bo'lishi O'pka hiqildoq artikulyatsion apparatlarning katta - kichikligi, kuchiga bog'liq. Bola yoshi ulg'aygan sayin uning ovozi diapazoni kengayib boradi: 4-5 yoshli bolalarda 4 tonga, 6-8 yoshda 6 tonga, 9-11 yoshda 8 ton, 12-15 yoshda 8-9 tonga etadi. O'g'il va qiz bolalar ovozining diapazoni bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Bolalar balog'atga etganda ovoz keskin uzgaradi, bolalar ovozi kattalarga xos ovozga aylanadi. Yosh bolaning hiqildog'i katta odamnikidan ikki baravar kichik bo'ladi. Unda ovoz boylamlarining faqat chetki qismlari tebranadi. Bola ulg'aygan sayin 12-15 yoshda - O'g'il bolalarda - baravar, qiz bolalarda esa - 13 hissa kattalashadi. Bu davrga kelib ovoz boylamlari yo'g'onlashadi va uzunligiga qarab O'sib boradi. Ularning faqat chetki qismi emas, balki boshidan-oxirigacha tebranadigan bo'ladi. Bu davrda O'g'il bolalar ovozi uzgarib, dO'rillab qoladi. Rastalik mutatsiya davri deb ataladigan bu davr 3-4 oydan 1-2 yilgacha davom etishi mumkin. OVOZ BUZILIShLARI Suzlashni hamda qo'shiq aytish vaqtida gigena qoidalariga rioya qilmaslik, ovozining zO'riqishi, quloq og'irligi, hiqildoq kassaliklari, O'pka, broxlar, traxeya, yurak va tomir sistemasi kasalliklari, artikulyatsion apparat faoliyati va tuzilishidagi patologik o'zgarishlar va boshqa sabablarga ko'ra ovoz funksiyalari buzilishi mumkin. Bunda ovozning buzilishi tabiatan organik organik yoki funksional xillarga ajratish shartlidir. Organik ovoz buzilishlarining dastlabki alomati hiqildoq funksiyasining qisman aynishi yengil hiqillash paydo bo'lishidir, lekin bunga uzoq davom etgan boshqa o'zgarishlar qo'shilsa, bu kamchilik yanada ham og'irlashib, kupayadi. Organik buzilishlarda ovoz hosil bo'lishida ishtirok etuvchi organlarning tuzilishida patologoanatomik o'zgarishlar bo'lgani sababli, maxsus olib borilgan korreksion ishlar ta'sirida ovoz kommunikativlik funksiyasi jihatdan tiklansa-da, kuchi, balandligi va tembri jihatidan normal jarangli ovozdan ozmi-kupmi farq qilaveradi. Funksional ovoz buzilishi ovoz hosil qiluvchi organlar funksiyasining vaqtincha uzgarib qolgani natijasida paydo bo'ladi, shuning uchun ham bunda logopedik mashqlar ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.8 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.8 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc