Reja: O'yin metodlarining klassifikatsiyasi va ularning psixologik mohiyati. Rolli o'yinlarni tashkil etish texnologiyasi. Rolli o'yinlar jarayoni va shakllari. Ilmiy va ommabop adabiyotda «o'yin» tushunchasi keng manoda ishlatiladi. M: aktyorlar o'yini, bolalar o'yini, shaxmat o'yini va x.k. (strategik o'yinlar, xayol yoki fantaziya o'yinlari). Ko'pgina psixologik tadqiqotlar aynan bolalar o'yinlariga bag'ishlangan. Rus psixologi D.B. Elkonin «Nima uchun bolalar o'ynadilar?» degan savolga to'laqonli javob topish maqsadida o'zining ko'p yillik ilmiy izlanishlarini «O'yin psixologiyasi» (Psixologiya igro') kitobida umumlashtirgan (1960). Unda muallif o'yinlar genezisi - kelib chiqishi, uning mohiyati, bola taraqqiyoti va shaxs shakllanishidagi o'rni va ahamiyatini yoritishga harakat qilgan. Bolalar, deb yozilgan kitobda, - o'yinda kattalarning ijtimoiy xulq-atvoriga taqlid qilish yo'li bilan ular faoliyatini qaytaradilar. Yuqorida takidlaganidek, o'yinlar kategoriyasi nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatiga ham xos. Bolalar va kattalar o'yinlarida qator umumiyliklar mavjud: a. ikkalasida ham rollar improvizitsiya qilinadi, boshqacha qilib aytganda hayotda bor bo'lgan u yoki bu harakatlar, xulq-atvor shakllari qaytariladi. b. o'yin faoliyatidagi vaziyatlar ikkala holda ham shartlidir. v. o'yinda mehnat yoki boshqa turdagi ijtimoiy faoliyatning eng muhim tomonlari qayta tiklanadi. g. tabiiylik, hissiylik-emotsional jihatlarining borligi kattalar va bolalar o'yinlariga xos bo'lgan jihatlaridir. O'yinning eng muhim ahamiyati shundaki, unda tabiiylik sifati bo'lib, ayniqsa, bolalar o'yinida yaqqol seziladi, zero, ular unda o'zida ko'plab tabiiy ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, malum taraqqiyot bosqichida bolalar tinimsiz o'ynaydilar, undan charchamaydilar va bundan hech qachon ular o'z sherigiga ma'naviy ziyon etkazmaydi. Bu narsalar o'yinning shunday qirrasi bilan bog'liqki, unda xayol, hissiyot jarayonlari yaqqol tafakkurdan ustun keladi. Ijtimoiy psixologik ahamiyatga ega bo'lgan kattalar o'yini esa asosan 2 vazifani bajaradi: malum ijtimoiy bilimlarni egallash zarur ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish lekin bunday o'yinlarning tabiiy bolalar o'yinidan farqli jihatlari ham bor: a. bolalar o'yinlarida ijtimoiy rol o'zlashtirilsa, kattalarnikida bu rol yanada mustahkamlanadi, takomillashadi. M: bolalarning «mehmon-mehmon» o'yinlarida mehmon va mezbon harakatlariga xos bo'lgan asosiy qirralar o'zlashtirilib, taqlid asosida ko'nikmalar hosil qilinsa, kattalar shunga o'xshash «o'yinlarda» muomalaning eng mukammal va chiroyli jihatlarini mustahkamlab davr madaniyatiga xos xulq-atvor shakllariga o'rganadilar. b. bolalar o'yinlaridagi rollar hayotiy vaziyatlarni umumlashtirgan holda, umumiy tasavvurlar vositasida qaytarilsa, kattalarda bu narsa aniq vaziyatlar va yaqqol rollar vositasida amalga oshiriladi. v. bolalar o'yinlari malum manoda stixiyali jarayon bo'lsa, kattalar o'yinida hayotiy qoidalar, normalar, me'yorlar ataylab tashkil qilinadi va unga maxsus nazoratchilar-murabbiylar rahbarlik qiladilar. g. bolalar tabiiy ravishda o'zlari kirayotgan rolni hissiy boshdan kechirib, o'yinga kirishsalar, kattalar ko'proq u yoki bu rolga o'zini identifikatsiya qilib sun'iy ravishda kiradi. d. kattalar o'yini sifati va samaradorligi o'ynovchining hayotiy kuzatishlari va shaxsiy ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.21 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.21 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc