O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat psixologik xavfsizligini ta'minlash

O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat psixologik xavfsizligini ta'minlash

O'quvchilarga / Psixologiya
O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat psixologik xavfsizligini ta'minlash - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat psixologik xavfsizligini ta'minlash. 1. Yangi axborot texnologiyalari va hozirgi zamon jurnalistikasi. 2. O'zbekiston ommaviy axborot vositalari va jamiyat psixologik xavfsizligini ta'minlash muammolari. Yangi yuqori axborot texnologiyalari va ayniqsa Internet global miqyosida tubdan yangi vaziyatni yuzaga keltirdi. Jurnalistika kishilar, jamiyat va davlat o'rtasida sifat jihatidan yangi munosabatlarning shakllanishiga tobora kuchliroq ta'sir o'tkazmoqda. Toronto universitetining professori Marshall Makklyuen borazli qilib XX asrning 60 yillarida «Global qishloq» degani bugungi kunda xaqiqatga aylandi. hozirda xaqiqatdan ham Yer kurasining aholisi yagona jamoat darajasiga kelib qoldi. Sanoatlashgan jamiyat o'rnini axborotlashgan jamiyat olmoqda, shunga ko'ra ommaviy kommunikatsiya va axborotning akamiyati beqiyos darajada oshib ketdi. Kompyuter, tezkor telefon, Internet millionlab kishilarning turmushiga kirib bordi. Aloqaning bunday vositalari jurnalistning faqat doimiy yo'ldoshigina bo'lib qolmay, uning o'z mehnatida foydalanadigan asosiy quroli, shuningdek maslahatchisi, kutubxonasi, ulkan dunyodagi bilimlarni o'zida jamlagan elektron ensiklopediyasiga aylandi. hozirgi vaqtda kompyuter va tezkor telefon aloqasi jurnalistga, u qaerda bo'lmasin (xattoki ovloq orolga tushib qolsa ham) sanoqli daqiqalarda o'z materiallarini gazeta jurnallarning bosilayotgan soniga yetkazish, agar radio yoki televideniye haqida so'z boradigan bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri unda chiqish, Internet orqali esa jahon bo'ylab tarqalgan barcha foydalanuvchilarga amalda axborotni yetkazib berish imkonini yaratadi. Haqiqatdan ham, yuqori texnologiyalarni ijtimoiy va iqtisodiy hayotga tadbiq etish suratlari (ayni mana shu ko'rsatgich xal qiluvchi ko'rsatgich hisoblanadi) beqiyos darajada oshib ketdi. Yangi axborot texnologiyalari tufayli jurnalistika bir qator sifat o'zgarishlarini boshdan kechirmoqda. U tobora ko'proq millatlararo hodisa tavsifiga ega bo'lmoqda. Ikkinchi tomondan jurnalistning imkoniyatlari ham sezilarli darajada oshmoqda. Aytish mumkinki yuqori texnologiyalar uni tom manoda erkin qilib qo'ydi. Agar ilgari biror taxririyatning ijodiy xodimi o'z auditoriyasiga murojat qilishi uchun vaqt, OAV kanalining texnikaviy mikoniyatlari, nixoyat, rahbariyat bilan hisoblashishi lozim bo'lgan bo'lsa, bugunga kelib u mazkur ishlab chiqarish bo'g'inlarini chetlab o'tib bu ishni amalga oshirishi mumkin. Agar ilgarilari kishilar o'z ehtiyojlarini o'zlariga taklif etilayotgan biror kanal eshittirishi yoki ko'rsatishi bilan cheklashga majbur bo'lgan bo'lsalar, bugunga kelib ular o'z xoxishlariga ko'ra mazkur programmalarni tuzishlari mumkin. Shunday qilib yangi axborot texnologiyalari faqat jurnalistlargagina emas, balki auditoriyaga ham erkinlik yaratdi. Shu munosabat bilan ommaviy aloqalar nazariyasi sohasi bo'yicha taniqli Amerika olimi Uolter Lippmanning so'zlarini eslash o'rinlidir. «Siz material yozayotgan ekansiz bu vaqtda o'z erkingiz o'zingizda, uni menga topshirganingiz xamonoq sizning erkinligingiz ham barxam topadi va mening erkinligim boshlanadi. Endi qo'lyozmangizning taqdirini men xal qilaman. Istasam elon qilaman, istasam axlat yashigiga tashlab yuboraman». Bu so'zlar 1922 yillarda aytilgan edi. Bu so'zlari bilan u o'sha davr jurnalisti erkinligining doirasini «chizib bergan edi». Albatta, jurnalistning boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 64.42 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 64.42 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga