O'zbekiston psixologlari tadqiqotlarida o'qitish muammolari R e j a 1.Ta'lim tizimini tashkil qilish o'quv faoliyatini takomillashtirish. 2.О'quvchi shaxsini psixologik jihatdan rivojlantirish . 3. O'zbekiston psixologlari tadqiqotlarida o'qitish muammolari. Ta'lim tizimini tubdan tashkil qilish o'quv faoliyatini takomillashtirish, o'quvchi shaxsini psixologik jixatdan rivojlantirish xozirgi kunda dolzarb masala xisoblanadi.Bu borada O'zbekiston psixologlaridan M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, E.G'oziev, R.I.Sunnatova, S.Jalilova, F.Xaydarov, Z.T. Nishonovalar tomonidan bu borada tadqiqot ishlari olib borilib ta'lim muassasalarida o'qitish , tarbiya berish masalalari atroflicha yoritilib berilgan. M.G.Davletshin o'z tadqiqotlarida talabalarning o'qish faoliyatidagi ko'nikma, malakalarni hosil bo'lishi va psixik qobiliyatlarni rivojlantirish masalalarini ilgari surdi. Shuningdek, uning shogirdlari tomonidan tadqiqot muammosini ilmiy dalillar asosida asoslab berganlar. Jumladan, M.G.Davletshin, S.X.Jalilovlar tomonidan hozirgi zamon ta'limining asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilar belgilangan: a) ta'limning har bir darajasini uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismi sifatida anglash. Bu yo'nalish maktab bilan oliy o'quv yurti o'rtasidagi aloqa muammolarinigina emas, balki talabalarning kasbiy tayyorligini oshirish vazifasini hisobga olgan holda oliy o'quv yurti bilan mutaxassisning ishlab chiqqarish faoliyatini o'rtasidagi aloqani ham ko'zda tutadi; b) Ta'limni industriallashtirish ya'ni kompyuterlashtirish va texnologiyalashtirish asosida hozirgi zamon jamiyatining aqliy faoliyatini kuchaytirish; d) ta'limning hozirgi vaqgacha ustunlik qilgan axborot beruvchilik shakllaridan faol o'qitish metodlari va shakllariga o'tish. Bu yo'nalish Xotira maktabidan tushunish maktabi, tafakkur maktabiga o'tishdan iborat; e) o'quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va boshqarishning qat'iy belgilangan nazorat usullaridan rivojlantiruvchi, faollashtiruvchi, takomillashtiruvchi usullar va o'yin usullariga o'tish. Bu esa ta'lim oluvchilarning tashkiliy-ijodiy, mustaqil faoliyatini qo'llab-quvvatlash va uni rivojoantirishni taqozo etadi. f) ta'lim oluvchi va muallif o'rtasidagi o'zaro ta'sirini tashkil etish, ta'lim oluvchilarning birgalikdagi jamoa faolligi sifatida tashkil qilish zaruriyati qayd qilinadi. Bunda asosiy urug', o'qituvchining bilim berish faoliyatidan talabaning bilim olish faoliyatiga o'tkaziladi. Psixolog E.G'oziev tomonidan ham o'quvchilar o'quv faoliyatlari xususiyatlari talabalar o'qish jarayonlari va undagi qiyinchiliklar masalalari tadqiq qilingan. Uning O'quv faoliyatini boshqarish nomli o'quv qo'llanmasida o'quv jarayonni boshqarish, bu borada xorij tadqiqotlari o'quvchi shaxsi va aqliy taraqqiyot, intellekt muammolari tahlil qilingan. Shuningdek, olim tomonidan tafakkur muammosi keng doirada talqin qilinib, yoshga xos tafakkur jarayonlarini rivojlanish ko'rsatkichlari tadqiqot natijalari asosida yoritib berilgan. Ma'lumki talabalarning yetakchi faoliyatini o'qish hisoblanadi. O'quv faoliyati jarayonida mutaxassislarni tayyorlash asosiy maqsadlariga erishiladi. O'qish faoliyati talabaning psixik jarayonlarini xususiyatlarini rivojlanishiga kasbiy muhim bilimlar, ko'nikmalar va malakalarni egallashga ta'sir ko'rsatadi. Agar o'qish ijodga aylansa, talabalarning hissiy sohasiga ijobiy ta'sir qiladi., diqqat va xotirasini rivojlantiradi, qoniqish hissini yuzaga keltirdi, faoliyatga nisbatan qiziqishi ortadi. A.A.Abdurazzoqov va E.P.Nazirovlarning o'tkazgan tadqiqotlaridan ma'lum bo'lishicha birinchi va ikkinchi kurslarda auditoriyada beriladigan vazifalarga qiziqish kuchli bo'ladi. Yuqori kurslarda esa auditoriyadan tashqari vazifalarga va ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.49 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.49 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc