O'zbekiston yangi tadbirkorligining ijtimoiy-iqtisodiy tahlili O'zbekistonda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoiti o'zgarishi munosabati bilan hozirda ishbilarmon kishilar, biznesmenlar, tadbirkorlar kabi atamalarni umumtushuncha sifatida aniqlab beradigan yangi ijtimoiy guruh shakllandi. Ushbu guruh vakillarining faolligi mamlakatning iqtisodity va siyosiy hayotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shu bois ham, zamonaviy o'zbek tadbirkorlari bugungi kunda jiddiy psixologik tadqiqotlar obyekti hisoblanadi. Professor V.Karimova rahbarligidagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o'tkazilgan tadqiqotlarning maqsadi bo'lib, tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini ta'minlovchi omillarning aniq ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarga, shaxsdagi ustuvor motivasiya hamda ustanovkalarga bog'liqligini ilmiy usullar yordamida tadqiq etish va shu asosda bugungi yoshlardagi tadbirkorlik faoliyati motivasiyasini ijtimoiy tasavvurlar doirasida o'rganishdan iborat bo'ldi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini asosini tashkil qiluvchi tavakkalchilik, raqobat va muvaffaqiyatsizlikka munosabat, yutuqqa erishishda shaxsiy imkoniyatlarni baholash, talab darajasi hamda iqtisodiy faoliyat doirasidagi maqsadlar motivi kabi ijtimoiy-psixologik fenomenlar tadqiq etilgan. Empirik tadqiqotlar obyeti sifatida, asosan, shaxsdagi tadbirkorlikka oid tasavvurlar, motivasiya va shaxs sifatlarini o'rganish uchun ham o'qish, ham tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistrant tinglovchilari, Qarshi Davlat universitetining saralangan bakalavr talabalari, yakka tadbirkorlar, bir qator yirik kompaniya (korxona) rahbarlari, menejerlar, xomashyo yetkazib beruvchi va tayyor xomashyodan mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tanlandi. Empirik izlanish va so'rovlarda ishtirok jami respondentlarning soni bir necha ming nafarni tashkil etdi. Magistrant, bakalavr talabalar, 35 yoshgacha bo'lgan biznesmenlar va erkin tadbirkorlar vakillarining tadqiqot obyekti qilib tanlanishining asosiy sabablaridan biri - bu davrning inson shaxsining ijtimoiy shakllanishida ahamiyati, aynan shu yoshda qiziqishlar doirasi ma'lum ma'noda torayib, kasbiy yo'nalish shakllanganligi, ijtimoiy tasavvurlarning maqsadga yo'nalganligi va bular shaxs taraqqiyotida yetakchi o'rin egallashi bilan tushuntiriladi. Obyektning reprezentativliligi va ularda to'plangan ma'lumotlarning ishonchliligi tanlangan metodikalarning tipikligi, ularning o'zbek tiliga o'girilib, yuzlab respondentlarda sinab ko'rib, moslashtirilganligi, tadqiqotning ko'pbosqichliligi, tanlangan tahlil metodining relevantliligi bilan belgilandi. Tadqiqotning asosiy metodlari Elersning Muvaffaqiyatga erishish motivasiyasini diagnostika qilish va Mag'lubiyatdan qochish motivasiyasini diagnostika qilish testlari, Shubertning Tavakkalchilikka tayyorlik darajasini aniqlash testi, Maslou iyerarxiyasi bo'yicha Shaxsdagi asosiy ehtiyojlardan qoniqqanlik darajasini aniqlash metodikasi va tadbirkorlik faoliyati motivasiyasini aniqlovchi ijtimoiy-psixologik so'rovnoma (IPS)lardan iborat bo'ldi. 199 yildan boshlab yagona dastur bo'yicha hozirgi kungacha 2 yil oraliq bilan 4 qiyosiy tahlillar (2001, 2003, 2005, 2007 yy.) bajarildi. Undan tashqari 2005 yilda mazkur dastur bo'yicha, mintaqaviy o'ziga xoslikni hisobga olgan holda mahalliy tadbirkorlikning rivojlanish darajasini yorituvchi ijtimoiy-psixologik tadqiqot natijalari keng kitobxonlar hukmiga havola etildi. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.44 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.44 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:49 ]
Arxiv ichida: doc