O'zbekistonda psixologik fikr taraqqiyoti

O'zbekistonda psixologik fikr taraqqiyoti

O'quvchilarga / Psixologiya
O'zbekistonda psixologik fikr taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Reja 1.Osiyo xalqlarining psixologik tasavvurlari 2.Zardushtiylik va islom dini bilan bog'liq psixologik qarashlar 3.Sobiq ittifoq psixologiyasi 4.O'zbekistonda psixologiyaning bugungi ahvoli Insoniyatning ijtimoiy -tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy hamda ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o'zlariga xos bo'gan psixologik xususiyatlarni farqlash, ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona foydalanish, o'zining xatti-harakati, shaxsiy faoliyati va muomalaga kirishishlarida ularni hisobga olishga intilib yashab kelganlar. Ko'p ming yillik ijtimoiy hayot tajribilariga asoslangan qadimgi odamlar shaxsning individual xususiyatlarini jon bilan bog'lashga, uning ta'siri bilan izohlashga harakat qilganlar. Ularning tasavvuriga ko'ra, odam aslida ikki qismdan, yani tana va Jon qismdan tashkil topgan, tanani ko'rib turamiz, jon ko'zga ko'rinmaydi. jon tanani tirik saqlaydi, unga jon bag'ishlovchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. Jon aql sifatida inson hayotini boshqaruvchi uning uchun idrok vazifasini bajaruvchi azodir. Jon bor uchun odam butun olamni anglaydi va boshqalar. Chunki, sodda tafakkur shakllari bilan qurollangan bu qadimgi odamlar atrof muhit to'g'risidagi rang-barang hodisalar, voqelar, holatlar mohiyatini ilmiy jihatdan dadillash imkoniyatiga ega bo'lmaganliklari sababli sezgan va idrok qilingan narsa-hodisalarni uning haqiqiy mohiyati tarzida aks ettirishgan. Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanish bosqichlarida psixologik g'oyalar murakkablashib, unga oid tayanch tushunchalar vujudga kela boshladi. O'zbekiston Respublikasida psixologik muammolarni o'rganilishi O'rta asrning uyg'onish davriga borib taqaladi. Buyuk allomalarimiz Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Farg'oniy, Aziziddin Nasafiy, Najmuddin an Nasafiy va boshqalar bu sohaga o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida psixologik qarashlar yanada ilmiy tus olib bordi, yangi falsafiy-psixologik nazariyalar, ilmiy maktablar yuzaga keldi. Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik, empirik, epifenomenalistik, geshtalt, assotsiativ, psixogenetik, reduk-tsioanalizim, gumanistik, biogenetik, sotsiogenetik kabi yo'nalishlari tomonidan to'plangan ma'lumotlar hozirgi zamon psixologiyasini vujudga keltirdi. Aslida, mamlakatimiz psixologiya tarixi uchun XX asr muhim ahamiyat kasb etdi 1928 yilda mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiyning Toshkentga tashrifi psixologiyaning O'zbekistondagi rivoji uchun turtki vazifasini bajardi. Hozirgi O'zbekiston Milliy universitetining dastlabki o'quv binosida L.S.Vigotskiy tomonidan ppsixologiya bo'yicha ommaviy ma'ruzalar o'qilishi ilmiy-psixologik savodxonlikni qaror topishiga asos bo'ldi. Shu munosabat bilan universitetning ijtimoiy-gumanitar fakultetlariga psixologiya kursini o'qitish yo'lga qo'yildi, hamda 1929 yilda Respublikada ilk bor psixologiya laboratoriyasi mazkur universitetida tasis etildi.Bu voqelik O'zbekistonda ilmiy psixologiya taraqqiyoti uchun muhim rol o'ynadi. O'zbekistonda psixolog kadrlar tayyorlash keyinroq yo'lga qo'yildi yani 1947 yilda hozirgi O'zMUning filologiya fakulteti tarkibida psixologiya va logika mutaxasisligi tashkil qilindi. Ushbu mutaxasislik 10 yilga yaqin davr oralig'ida kadrlar tayyorlashga xizmat qildi. Mazkur mutaxasislikni tamomlagan kadrlar Respublikamizning turli viloyatlariga borib, u joylarda tashkil etilgan o'qituvchi kadrlar tayyorlashning qisqa kurslarida va pedagogika oliy o'quv yurtlarida kadrlarni ilmiy-psixologik savodxonligini oshirish maqsadida faoliyat ko'rsata boshladilar. Oradan ancha vaqt o'tib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.08 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.08 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga