Pedagogika oliy o'quv yurtlarida psixologiya o'qitish metodikasining umumiy masalalari

Pedagogika oliy o'quv yurtlarida psixologiya o'qitish metodikasining umumiy masalalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Pedagogika oliy o'quv yurtlarida psixologiya o'qitish metodikasining umumiy masalalari - rasmi

Material tavsifi

Pedagogika oliy o'quv yurtlarida psixologiya o'qitish metodikasining umumiy masalalari O'qitish maqsadlari va o'quv fani mazmuni har doim ham o'zaro bog'liqdir. Fanning mazmuni bari-bir borib o'quv maqsadlarini tarkib topishiga turtki bo'ladi. Psixologiya o'qitish maqsadlari gumanilar fan sifatida uning mazmuni, xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixologik idrok etishning o'ziga xosligini har doim ham gumanitar bilim sohasi bilan bog'lamaydilar. Bu borada boshqa nuqtayi nazarlar ham mavjud. Ular psixologiyani birinchi navbatda tabiiy, biologik yoki bioijtimoiy fan sifatida talqin etilishi natijasida, psixologiya fani haqidagi tortishuvlardan ancha aniq ifoda etilgan. V.Ya. Lyadus fikricha, psixologiyani ijtimoiy - tarixiy fan sifatida talqin etish kerak, bu esa uning tarkibidagi tadqiqotlar tabiiy fanlar usullarini rad etmaydi. Ammo uning asosiy mohiyatida ijtimoiy fanlar va gumanitar idrok etish usullari o'ynaydi. Gumanitar idrok etish - ilmiy idrok etishning alohida turi, bo'lib tabiiy fanlarga o'xshash o'rganilayotgan obyektga subyektning boshqacha munosabatini ko'zda tutadi. Gumanitar idrok etishning diqqat markazida buyumlar boidi. Shuningdek, u quyidagicha izohlanadi. Shaxs emas, subyekt - obyekt emas, subyekt - subyekt munosabatlari bo'ladi deb ta'kidlaydi M.Vaxtinning fikricha, buyumni idrok etish va shaxsni idrok etish - ikki har xil narsalardir. Buyumni bir tomonlama subyektni oxirigacha idrok etiladi. Shaxs idrok etiluvchi sifatida idrok etish «aniqligini», talab etmaydi, balki «kirib borishni» talab etadi. Idrok etish - anglanganlik har doim ham ikki tomonlama harakat. Idrok etuvchi subyekt - idrok etiluvchi subyekt munosabatlari - dialogdan iborat. Dialog esa vaziyatda bo'ladigan ko'rinishlarinigina ko'rsatishni ko'zda tutmay, kontekstlari tugatilmas turlarida berilgan ma'nolarini ham ochib berishni ko'zda tutadi. Shuning uchun dialogning oxiri yo'q, chunki haqiqiy tushunish tarixiylik va shaxslashtirilgan. Bu holat gumanitar tushunchada aniqlik va tushunish ko'rsatkichlariga tabiiy fanlar ko'rsatkichlaridan farqli o'ziga xoslikni beradi. Gumanitar idrok etishning aniqligi (identifikatsiya) bir xilligini aniqlashdan iborat emas, balki «begonani xuddi o'zinikiga o'xshatmay begonaligini» yengib o'tishdir, ya'ni idrok etuvchi va idrok etilayotganning o'zaro bog'liqligiga, kirib borganligi darajasidan iboratdir. Psixologiyada o'qitish xususiyatlarini tushunishda muhim bo'lgan gumanitar idrok etishning yana bir xislati bu psixologik idrok etishning prinsipial ravishda geterogenligidir va ko'p jihatdan rasmiylashgan faqatgiria ilmiy - nazariy, mantiqiy fikrlashni nazarda tutib qolmay, balki obrazli, badiiy, tasviriy, xayoliy, ko'rgazmali - amaliy fikrlashni ham ko'zda tutadi. Gumanitar idrok etish xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi tarzda psixologiya o'qitish maqsadlarini mutaxassis -psixologlar va pedagogik faoliyatida o'qitish tizimida psixologiyani o'rganuvchilar uchun ham belgilanishi mumkin. Psixologiyani o'qitishdan maqsad - odamlarning hayot faoliyatida ularning o'zaro aloqa munosabatlarini o'rnatish, bihsh usullarini nazariy va amaliy egallab olishdir. Psixologik idrok etishning xususiyati bilim va harakatlari birligidan iboratdir. Shuning uchun ikki tomonga yo'nalgan ya'ni - o'ziga va boshqa odamlarga yo'nalgan harakatlar usuliga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.73 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.73 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga