Pedagogik-psixologiyaning predmeti

Pedagogik-psixologiyaning predmeti

O'quvchilarga / Psixologiya
Pedagogik-psixologiyaning predmeti - rasmi

Material tavsifi

Pedagogik-psixologiyaning predmeti va vazifalari Reja: Pedagogik-psixologiya fanining predmeti, vazifalari. Fan sifatida pedagogik-psixologiyaning vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati. Pedagogik-psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Tayanch iboralar: shaxsning tarkib topishi qonuniyatlari, ta'lim, tarbiya, biogenetik, sosiogenetik konsepsiyalar, kuzatish, suhbat, tematik - statistik, biografik, eksperiment, mehnat ta'limi, o'quvchining bilim faoliyati, ta'limning shakllarini nomoyon bo'lishi. Pedagogik-psixologiya psixologiya ilmining tarmog'i sifatida, ta'lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta'sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o'rganuvchi fandir. Bolalarning maktabdagi hamda ta'lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o'rganuvchi pedagogik-psixologiya ikki fanni, ya'ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o'rin egallagandir. Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko'nikma, malakalarini egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo'ladigan individual tafovutlarni, o'quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta'lim tarbiyaning ta'siri oqibatida o'quvchilar ruhiyatida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni, o'quv materiallarining o'quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta'lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o'quv qurollari, asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo'lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham o'rganadi. Pedagogik psixologiya o'quvchilarga beriladigan ta'lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o'rganadi. O'quvchilarda bilim, iqtidor va malakalarni o'zlashtirish tufayli ular shaxsining tarkib topish qonuniyatlari mavzuni o'z ichiga oladi. Pedagogik psixologiya ta'lim va tarbiya jarayonida bola shaxsining tarkib topish muommolarini o'rganar ekan, u bolalar psixologiyasi bilan mustahkam aloqada ish ko'radi. Darsliklar, o'quv qo'llanmalari, qurollari, ta'lim va tarbiyaning samarali metodlari, o'quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyaiga tayyorlash masalalarini har bir o'quvchining o'ziga xos sifatlarni bilmay turib, amalga oshirib bo'lmaydi. O'quvchi tafakkurining shakllanishi, aql darajasining o'sa borishi, o'quvchilar jamoasidagi o'zoro munosabatlarning mohiyati, har bir o'quvchida bilimlarni o'zlashtirish malaka va ko'nikmalarini bilmay turib, ta'lim va tarbiya ishida muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Bu masalalarni amalga oshirish uchung xizmat qiladigan tamoillar va metodlar quyidagilardan iborat: 1. obyektivlik tamoili. O'quvchm shaxsiga xos bo'lgan psixologik hodisalarni obyektiv holatda o'rgangandagina to'g'ri xulosalar aniqlanadi. O'quvchining o'zi haqida gapirganiga qarab, unga baho beriladi. Rivojlanish tamoili. Bu tamoil bola shaxsiga xos bo'lgan psixologik hodisalarni o'sishi, o'zgarishda, hamma vaqt rivojlanishda qarashni taqozo etadi. O'zoro bog'liqlik tamoili. Bu tamoil o'quvchi hayoti va faoliyatining tashqi sabablarini tashqi ta'sirlarning har bir o'quvchiga ta'sir etish sabablarini bilishni talab qiladi. Pedagogik psixologiyaning ilmiy - tadqiqot metodlari yuqoridagi tamoillarga asoslanadi. Pedagogik psixologiyaning metodlari umumiy psixologiyaning metodlaridan iborat bo'lib, ularga mateiatik - strtistik metod qo'shiladi. Bu metodning mohiyati shurdaki, bunda aniqlangan xulosalarni tekshirish uchun turli statistik usullardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiya sohasidagi ilmiy tekshirish ishlarining muvaffaqiyati uchun ta'limning quyidagi sohalariga e'tibor berish kerak. Ona tili o'qitish psixologiyasi. Bu soha o'quvchilarda ona tili fanidan bilim, iqtidor va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.51 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.51 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga