Psixik funksiyalarni korreksiya qilish metodlari Reja: 1. Bilish jarayonlarining korreksiya qilishning asosiy metodika va metodlari. (diqqatni o'rganuvchi metodikalar. Sezgini o'rganuvchi metodikalar. Xotirani o'rganuvchi metodikalar) 2. Intellektni o'rganish va korreksiya qilish. 3. Kundaliklarni qayd qilish. 1. diqqatda shaxsning faoliyati va uning obyektiv vokelikdagi predmet va hodisalarga tanlab munosabatda bo'lishi o'z aksini topadi. Unda inson psixikasining boshqaruvchanlik roli namoyon bo'ladi: diqqatsiz maqsadga muvofik ish yuritish mumkin emas. Xar qanday masalani yoki xar qanday hayotiy muammoni yechish kishidan mazkur masalaning mohiyatiga harakat uslubiga diqqatni to'plash va karatishni talab qiladi. Inson psixik faoliyatida diqqat alohida urinni egallaydi.diqqat o'zi mustaqil psixik jarayon bulmasda, inson psixik faoliyatining barcha sohalarida ishtirok etadi. diqqat ongning zarur obyektga yunaltirilishi va karatilishida ayni paytda boshqa narsalarga chalgimaslikda ifodalanadi. diqqat bir kancha xususiyatlarga ega, bular - diqqatning xajmi yoki kulami, diqqatning taksimlanishi, tuplanishi, barqarorligi va uning bir obyektdan boshqa obyektga yoki bir faoliyatdan boshqa faoliyatga o'tkazilishidir. diqqatning xususiyatlarini o'rganish uchun bir kancha eksperimental metodlardan foydalaniladi. Shunday metodikalardan biri Koss kubiklari deb ataladi. Ushbu metodika 1923 yilda S.Koss tomonidan taklif etilgan bo'lib , fazoda ish tutish diqqat, ziyraklik, ko'rish-yasash, xususiyatlarini o'rganishga mo'ljallangan. Bu metodika D.Vekslerning (1939-1955) yillar metodikasiga aklni tekshirish subtesti sifatida kiritildi. Tajriba o'tkazish uchun bir xilda buyalgan plastmassa yoki yog'och kubiklardan foydalaniladi. Kubiklarning xajmi 3x3 sm kattalikda bo'lishi kerak. Bunda shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 ta rasm zarur bo'ladi. Sinaluvchiga kuyidagicha ko'rsatma beriladi: Shunday figurani 4 ta kubikdan yasang rasmning birinchi namunasi kursatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figuralarni kubiklardan yasay boshlaydi. Kubiklarni rasmning ustiga kuyib topshiriqni bajarishi mumkin emas. vaqt hisobga olib boriladi. topshiriqning bajarilishi anikligiga va uzoqligiga bog'liq ravishda miqdoriy baho kuyiladi. Burdon korrektur sinovi. Shaxs faol diqqatining xususiyatlarini, uning kuchirilishini o'rganish uchun B.Burdonning korrektur sinovi metodidan foydalanish mumkin. Bu metodika diqqatning tebranishini, ko'rish analizatori uzoq vaqt ishlaganda bir xil kuruv kuzgatuvchilarga nisbatan sinaluvchining charchashini aniklashga imkon beradi. Buning uchun P.A.Rudik tomonidan uzgartirilgan Burdon testi maxsus qog'ozda kursatiladi. qog'ozda xarflar tasodifiy ravishda yozilgan bo'lib sinaluvchi ularning 2 tasi yoki 4 tasini uchirishi kerak. Bunda eksperimentator xar 30 yoki 60 soniyada sinaluvchi kalami turgan joyni belgilab kuyadi va shu bilan birga barcha topshiriqni bajarish uchun ketgan umumiy vaqt xam hisobga olinadi. Tajribani individual va guruh bilan xam o'tkazish mumkin. Tajribani boshlashdan oldin sinaluvchilarga kuyidagicha ko'rsatma beriladi . Oldilaringizda xarflar yozilgan qog'oz turibdi, sizlar bu xarflarni diqqat bilan kuzdan kechirib ularning ichidan AMKZ xarflarini topib vertikal chiziqlar bilan uchirib chikasiz. Boshlang deyilgandan sung, ishga kirishasiz va tuxtang ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.12 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.12 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc