Psixik jarayonlar R e j a Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning turlari. Diqqatning xususiyatlari. Sezgilar haqida tushuncha. Sezgilarning turlari. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Idrokning xususiyatlari. Tayanch iboralar: Diqqat jarayonining mohiyati. Diqqatning turlari. Diqqatning xususiyatlari: hajmi, barqarorligi, to'planishi, ko'chishi va h.k. Pedagogik jarayonda diqqatning qonuniyatlarini hisobga olish. Diqqatning asoslanganligi (diqqat va motivatsiya). O'quv jarayonida diqqatning obyektiv xususiyatlarining roli va ularni hisobga olish: diqqat va darsni tashkil qilish, diqqat va qiziqish, diqqatni boshqarish, o'quvchi va pedagoglar diqqatini tarbiyalash. Diqqatning xususiyatlarini o'rganish metodlari. Sezgi haqida tushuncha. Sezgilarning fiziologik asoslari. Analizatorlar, ularning tuzilishi. Sezgilarning turlari.Sezgilarning asosiy qonuniyatlari: adaptasiya, sensibilizatsiya, sinesteziya. Psixofiziologik qonuniyatlar. Sezgilarning rivojlanishi va faoliyat. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA. Diqqat - psixik faoliyatning yo'naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo'lgan obyekt ustida to'planishidan (barqaror yoki situatsiyali to'planishidan) iboratdir. Yo'naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, obyektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o'quvchisining biron boshqa narsaga chalg'imasdan, o'quv materialining mazmuniga zehn qo'yib o'tirishda uning psixik faoliyatning yo'nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo'nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo'llab-quvvatlash ham tushuniladi. Diqqat psixik faoliyatning yo'naltirilishi bilan birga, uning TO'PLANIShINI ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to'planishi - mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo'lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg'itish demakdir. Diqqatni bir joyga to'plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko'pmi chuqur e'tibor berish tushuniladi. Masalan murakkab va zarur o'quv materialini o'qish va tushunish diqqatni to'plashsiz amalga oshmaydi. DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI Diqqatning fiziologik mexanizmlari ma'lum nerv markazlarining qo'zg'alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog'liqdir. Bu mexanizm subyekt (organizm) uchun ahamiyatli bo'lgan qo'zg'atuvchilarni ajratishni, psixik faoliyatning yo'nalganligini ta'minlaydi. Bunday yo'naltirilishga ORIENTATSIYA (tushunib olish) refleksini misol qilib keltirish mumkin. Har qanday yangi qo'zg'atuvchi (agar u etarli darajada kuchli bo'lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov aytganidek, nima u degan refleksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, orientatsiya (tushunib olish) refleksi paydo bo'lgan paytda xuddi uyqudan uyg'onib bedorlikka o'tishdagidek o'zgarish hosil bo'ladi. I.P.Pavlov tomonidan kashf qilingan nerv jarayonlarining INDUKTSIYASI qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muhim ahamiyatga ega. Nerv jarayonlarining INDUKTSIYASI qonuniga asosan bosh miya po'stining bir joyida maydonga kelgan qo'zg'alish jarayonlari bosh miya po'stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Va aksincha bosh miya po'stining bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po'stining boshqa joyida kuchli qo'zg'alishni yuzaga keltiradi. A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan DOMINANTLIK prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini tushunishda muhim rol o'ynaydi. Bu prinsipga asosan, miyada qo'zg'alishning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.99 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.99 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:53 ]
Arxiv ichida: doc