Psixik jaryonlar. Diqqat. Sezgi. Idrok, xotira, tafakkur, xayol

Psixik jaryonlar. Diqqat. Sezgi. Idrok, xotira, tafakkur, xayol

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixik jaryonlar. Diqqat. Sezgi. Idrok, xotira, tafakkur, xayol - rasmi

Material tavsifi

Psixik jaryonlar. diqqat. Sezgi. Idrok, xotira, tafakkur, xayol Reja: 1. Psixik hodisalar, holatlar, jarayonlar haqida tushuncha. 2. Bilish jarayonlari haqida tushuncha. 3. diqqat va uning turlari 4. Sezgi, idrok, tafakkur, xayol jarayonlari, ularning o'xshashligi va farqlari. 5. Xotira va uning funksiyasi, turlari. Psixik hodisalar psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog'lik bo'lganligi uchun ham bir so'z bilan ruhiy, psixik hodisalar deb ataladi. Psixik hodisalarning birinchisi hisoblangan psixik holatlar deganda tashqi olamni aks ettirish va javob qaytarish xususiyati, mexanizmlari tushuniladi. Masalan, bolalar va kattalarning dunyoni aks ettirishlari,sog'lom yoki betob odamning aks ettirishi,bardam,tetik yoki horg'in, charchagan odamning aks ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-biridan farq qiladi. Psixik xususiyatlar deganda odam - subyektning betakror, bir-biridan farq kiladigan xususiyatlaritushuniladi. Bunda asosan odamning temperamenti, qobiliyati va xarakteri nazarda tutiladi.Psixik hodisalar ichida psixik jarayonlar yetakchi va asosiy mazmunni kasb etadi. Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob reaksiyalarini berish bilan bog'lik jarayonlarning barchasini o'z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning uzida paydo bo'lib, ongning uzida tugallanadi degan fikrni Sechenov mutlako notug'ri fikr deb hisoblagan edi. Psixik hodisa hali yuzaga kelmagan natijadan ham darak beradi. Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funksiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob reaksiyasini berishga xizmat qiladi. Psixik jarayon, malumki uzicha sodir bulmaydi, balki, miyaning mohiyati, uning tegishli bulmalari funksiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning kayokka ketishi, kaerda saqlanishi va qayta ishlanishini kursatuvchi javob reaksiyasining boshqaruvchisidir. Psixik jarayonlar o'z navbatida bilish jarayonlari, emotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy holatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan kismlarga bo'lib urganiladi. Psixik hodisalar - bu faoliyatning hozir ta'sir etayotgan (sezgi, idrok) yoki kachonlardir, yani turmush tajribasida (xotira) yuz bergan kuzg'oluvchiga javob tarzida ruy beradigan, ana shu ta'sirni umumlashtiradigan, ular pirovard natijada olib keladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan kura olishga yordam beradigan, bir xil ta'sirlar natijasida faoliyatni (his-tuyg'u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar oqibatida uni tormozlaydigan, odamlar xulk-atvoridagi (temperament, xarakter va b.) tafovutlarni aniklaydigan doimiy boshqaruvchilaridir. tashqi olamni aks ettirishda rol uynaydigan jarayonlar deganda sezgi, idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz. Birok boshqa psixik jarayonlar ham ta'sir kursatadi. Psixik jarayonlarda birinchi signallar tizimi bilan bir katorda odam uchun xos bo'lgan ikkinchi signallar tizimi ham ahamiyatlidir. Xohlagan psixik jarayonning sodir bo'lishi va davom etishi shunday bir ruhiy hodisaga bog'likki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta'sir o'tkazadi. Bu diqqatdir. diqqat ongning bir nuqtaga karatilishi bo'lib, shaxsning faolligini hamda uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.46 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.46 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga