Psixik rivojlanish va ta'lim tushunchasi

Psixik rivojlanish va ta'lim tushunchasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixik rivojlanish va ta'lim tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Psixik rivojlanish va ta'lim Ta'lim va psixik rivojlanish mazmuni. Ta'lim va psixik rivojlanish mazmuni. Bilim va faoliyat uslubining murakkablashishi ta'lim jarayonida bolalar rivojlanishining asosiy va belgilovchi tomonini tashkil etadi. Masalan, shveysariyalik psixolog J.Piaja o'zi olib borgan tadqiqotlar asosida ta'kidlashicha, 7-8 yoshdan kichik bolalar raqam bilan bog'liq faoliyatga qodir emas. SHuningdek, bolaning psixik rivojlanishiga ta'lim mazmunining o'zgarishi va uning ta'siri haqida L.A.Venger, P.YA.Gal'perin, D.B.El'konin, V.V.Davidov va boshqalar yozgan. Usul va bilimlarni qo'llash psixologik mexanizmlarining rivojlanishi. Faoliyatning umumiy turi aniqlangach, bolalar tomonidan ayni usullar turli darajada qo'llanilishi mumkin. O'quvchilar faoliyatning nisbatan Yuqori shakllari va turlariga (shuningdek, aqliy) masalan, aniq va abstrakt bilimlarni bog'lay olish va o'zaro nisbatini aniqlay bilishga o'rgatilishi lozim. SHaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o'zgarishi va murakkablashishi sodir bo'lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o'zgarishlarni, ya'ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o'z ichiga oladi. Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o'zgaradi, usullar yig'ilishi va o'zgarishi sodir bo'ladi. Yosh bo'yicha rivojlanishning davriylashtirilishi Yoshning umumiy xususiyati. Har bir yoshdagi psixik rivojlanish alohida sifat bosqichiga ega. Yosh xususiyatlari ko'plab shartlar majmui bilan belgilanadi. Bu - bola hayotidagi har bir bosqichda unga qo'yiladigan talablar sistemasi, atrofdagilar bilan munosabat, u egallayotgan bilim va faoliyat turi hamda bu bilimlarni egallash usullaridir. Yosh davrlarida rivojlanishning asosiy o'zgarish mexanizmlari. Yosh davrlarini aniqlash atrofdagilarga munosabatlarning rivojlanish darajasi bilan bilim, usullar, qobiliyatlar rivojlanishi darajasi o'rtasidagi aloqani belgilab beradi. Mazkur ikki taraf orasidagi munosabatlarning o'zgarishi keyingi yosh bosqichlariga o'tishning muhim ichki asosi («harakatlantiruvchi kuch»)ni tashkil etadi. Bola yashash sharoiti, tarbiya va ta'lim olish sharoitining o'zgartirilishi rivojlanishning yosh davrlari almashinuvini belgilovchi muhim omildir. So'nggi vaqtlarda yosh va pedagogik psixologiyada ko'proq pedagogik mezonlarga asoslangan davrlashtirish qo'llanilmoqda. Maktabgacha yosh Go'daklik (3 yoshgacha) - yasli; Bog'chaning kichik guruhi - uch yosh; Bog'chaning o'rta guruhi - to'rt yosh; Bog'chaning katta guruhi - besh yosh; Bog'chaning tayyorlov guruhi - olti yosh. Maktab yoshi Kichik (1-4-sinf) - boshlang'ich maktab - 7-10 yosh; O'rta (5-9-sinf) - o'rta maktab - 11-15 yosh; Katta(10-12-sinf) - akademik lisey yoki maxsus ta'limda - kasb-hunar kollejlar - 16-18 yosh. Psixik rivojlanish va ta'lim Reja: 1. Inson shaxsining tarkib topishi va psixik rivojlanishining sharoitlari. Biologik va ijtimoiy omillar. Psixik taraqqiyot va ta'limning œzaro munosabati. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada yosh davrlarini tabakalash muammolari. Inson shaxsini tarkib topishi va psixik rivojlanishning sharoitlari. Biologik va ijtimoiy omillar. Psixik rivojlanish va bu œzgarishlarga sabab bœladigan kuchlar œrtasidagi munosabat qonunlarini œrganish - yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 694.99 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 694.99 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga