Psixik taraqqiyot qonuniyatlari

Psixik taraqqiyot qonuniyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixik taraqqiyot qonuniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Psixik taraqqiyot qonuniyatlari R e j a : Taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar. Yosh davrlar haqidagi tushuncha. Psixik taraqqiyot qonuniyatlari. Yosh krizislari va etakchi faoliyati. Senzitiv davr - biror psixik funkciya yoki xususiyatning rivojlanishidagi eng tez va qulay davr. Interiorizaciya - avval tashqariga, boshqa odamlarga qaratilgan psixik funkciyaning shaxsning ichki funkciyasiga aylanishi. Akseleraciya - bolalar va o'smirlarda ma'lum davrlarda somatik va fiziologik o'sishning tezlashuvi. Yosh - psixik taraqqiyotning sifat jihatdan chegaralangan bosqichi bo'lib, fiziologik va psixologik jihatdan barcha normal kishilar uchun tipik hisoblanadi. Har bir yosh davriga xos taraqqiyotning ijtimoiy situaciyasi mavjud. Taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlar. Shaxs taraqqiyotidagi ichki ziddiyatlar psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Asosiy ziddiyatlardan biri shaxsda paydo bo'ladigan yangi ehtiyojlar va ularni qondirish uchun zarur vositalarning yetishmasligidir. Shaxs taraqqiyotining erishgan darajasi, hayot tarzi va uning ijtimoiy munosabatlar sistemasida tutgan o'rni o'rtasidagi ziddiyat ham muhim ziddiyatlardan biridir. Shaxs yangi sharoitga moslashishga intiladi (bog'chada, maktabda). Ta'lim va tarbiya jarayoni ham shaxs oldiga yangi vazifalarni qo'yadi, faoliyatning yangi motivlarini hosil qiladi. Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo'yicha qator nazariyalar mavjud. Masalan, psixodinamika nazariyasini yorqin vakillaridan biri e.erikson nazariyasiga ko'ra inson umri 8 davrga bo'linadi: 1-davr - go'daklik; 2-davr - ilk bolalik; 3-davr - o'yin yoshi; 4-davr - maktab yoshi; 5-davr - o'spirinlik; 6-davr - yoshlik; 7-davr - yetuklik; 8-davr - qarilik davri. E.Shpinger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning vakillari bo'lib, ular yosh davrlarini shaxs men xususiyatlarining shakllanishi bosqichlari deb hisoblaydilar. Kognitivistik yo'nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piaje intellektni quyidagi rivojlanish davrlariga ajratadi. sensomotor intellekti ( tug'ulishdan 2 yoshgacha) operaciyalardan ilgari tafakkur davri (2 yoshdan 7 yoshgacha) konkret operaciyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha) formal (rasmiy) operaciyalar davri. Sobiq sovet psixologlari L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, D.B.el'konin, A.A.Lyublinskaya, V.A.Kruteckiy, A.V.Petrovskiylar ham yosh davrlarini o'ziga xos tabaqalash nazariyalarini yaratdilar. Ular orasida D.B.el'koninning tasnifi alohida o'rin tutib, etakchi faoliyat nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaga ko'ra har bir yosh davrida biror faoliyat turi inson shaxsi shakllanishida asosiy rol' o'ynaydi. Bu yosh davrlari quyidagilar: go'daklik davri - tug'ilgandan 1 yoshgacha; asosiy faoliyat - bevosita emocional muloqot. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha; asosiy faoliyat - predmetli faoliyat. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha; asosiy faoliyat - rolli o'yinlar. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha; asosiy faoliyat - o'qish. O'smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha; asosiy faoliyat - muloqot. Ilk o'spirinlik davri - 15 yoshdan 18 yoshgacha; asosiy faoliyat - o'qish, kasb tanlash. Psixik taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o'tish bosqichlarida yosh krizislari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.23 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:53 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.23 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga