Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari Reja: Psixik taraqqiyot shartlari. Bolalar psixik taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari va qonuniyatlari. Psixik taraqqiyot va ta'lim. ta'lim va taraqqiyot to'g'risida A.S.Vigotskiy ta'limoti. Yosh taraqqiyotini davrlarga bo'lish. Bolaning o'sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti jamiyat azosi sifatida voyaga etishida taraqqiyot qanday qilib yuzaga keladi? degan savolni xal qilish muhim masaladir. taraqqiyotni tushuntirishda bir-biriga qarama-qarshi 2 turli yo'nalish mavjud. Birinchi yo'nalishga muvofik taraqqiyot avvalgi narsaning oddiy takrorlanishidan, organizmda mavjud bo'lgan muayyan sifatlarning kupayishi yoki kamayishidan iborat. Bu yo'nalish taraqqiyotning haqiqiy sabablarini tushuntirib bera olmaydi va xudoning irodasi bilan boglaydi. Bu yo'nalishning o'ziga xos xususiyati mavjud. Lekin xudo tomonidan yaratilgan insonni haqiqiy inson bo'lishi ijtimoiy hayot va muhit, ta'lim va tarbiyaga bog'liqdir. Ikkinchi yo'nalishga ko'ra, taraqqiyot qarama-qarshiliklar kurashining natijasidir. Bu ilmiy yo'nalish bo'lib taraqqiyotning sabablarini uzgarib turuvchi tashqi muhit sharoiti boglaydi. Bunga ko'ra tashqi muhit tobora yangi talablar kuyadi, organizm yangi sharoitga moslashar ekan qarama-qarshiliklarga bardosh berish, kurashish jarayonidir, yangi sifatlar hosil kila boradi, yani organizm taraqqiy qiladi. o'sish-miqdoriy jihatdan ulgayish, demakdir. taraqqiyot-sifat jihatdan o'zgarish demakdir. Bolaning psixik taraqqiyoti xam qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu qarama-qarshiliklar: Bolaning shu chokkacha erishgan darajasi, imkoniyatlari bilan yangi ehtiyojlar o'rtasida tugiladigan qarama-qarshiliklar. Yani bolalarning ehtiyojlari tez ortib boradi. Lekin bu ehtiyojlarni kondirish imkoniyatlari juda sukinlik bilan yuzaga keladi. Bolaning eski xulk-atvori formalari bilan yangi xatti-harakatlari, yangi tashabbuslari o'rtasidagi qarama-qarshiliklar. M: Yosh bolaning asosiy faoliyati kattalarga taxlid qilishdir. Taxlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik bulmaydi. Bola usib ulgaygan sari uning tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi orta boradi. M: mustaqil yurish, bazi ishlarni bajarish. Bola hayotining mazmuni bilan uning formasi o'rtasida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar. Odatda hayotning mazmuni uning formasidan biroz oldinrok vujudga keladi. M: Bola bog'chaga katnay boshlashdan oldin oiladagi hayotga urganib koladi. bog'chada esa yangicha hayotning boshqacha talablari va qoidalariga duch keladi. Demak, bolaning psixik taraqqiyoti juda murakkab jarayondir. Lekin bu taraqqiyot kanchalik murakkab bulmasin uning qonuniyatlari fanga ayondir. Bolaning psixik taraqqiyoti ijtimoiy hayot bilan bog'liq bo'lgan aniq shart-sharoitning ta'siri tufayli yuz beradi. hozirgi zamon psixologiyasida psixikaning taraqqiyot muammosi kuyidagilarga asoslanadi. taraqqiyot qarama-qarshiliklar kurashidan, ziddiyatlardan iboratdir, degan ta'limotiga: Bolalar kamoloti haqidagi chet el qarashlari tanqidiy analiz kilinib etilganligiga: Bolalar psixologiyasi bilan pedagogik psixologiya sohasida olib borilgan eksperimental ilmiy tadqiqotlarga: Usayotgan avlodni komil inson tarbiyalash praktikasiga suyanadi. Psixologiya fani irsiyat psixikasining taraqqiy etishida xal qiluvchi rol uynaydi va xatto taqdirni belgilab beradi degan fikrni inkor qiladi. Lekin bolani usib kamolga etishida 1. irsiyatning roli borligini aslo inkor etmaydi. Michurin M.V. «Biz tabiatdan inom -exson kutib turolmaymiz, undan undirib olish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.42 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.42 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc