Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi kursining maqsadi va vazifalari

Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi kursining maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi kursining maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi kursining maqsadi va vazifalari Reja: 1. Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi kursining vazifalari. 2. Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi kursining ahamiyati va mazmuni. 3. Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalarodiagnostikasi kursining boshqa fanlar bilan aloqasi. 4. Aqli zaiflik tushunchasi va etialogiyasi, uning darajalari. Tayanch iboralar: (Endogen, ekzogen, genetik, etialogiya, oligofreniya) Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi kursi maxsus fan bo'lib, bolalarning rivojlanishdagi nuqsonlarni erta aniqlash, boshqa unga o'xshash holatlardan farqlashga, diagnozini aniqlashga, tegishli maxsus muassasalarga yuborishga va u yerda o'zlariga mos taalluqli korreksiyalarga yo'naltirilgan o'quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni iloji boricha erta aniqlash va tegishli maxsus muassasalarga yuborishning zarurligi shundaki, umumta'lim maktablarida rivojlanishda turli nuqsonlari bo'lgan bolalarning ko'pchiligi o'qiydilar va ushbu maktab dasturini o'zlashtirishga qiynaladilar, o'zlashtirib olmaydilar. Tegishli organlar va defektologlarning vazifalari shundan iboratki, bolalar o'zlarining aqliy, bilim imkoniyatlariga va hissiy-idoraviy doiralarining xususiyatlariga mos sharoitda ta'lim olishlari, tarbiyalanishlariga imkoniyat yaratib berishlari lozim. «Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi» kursining vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Aqli zaif bolalar uchun maxsus muassasalarni komplektlash tizimining nazariy asoslarini yoritib berish. 2. Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni psixolog-pedagogik diagnostika metodlarini amalda qo'llash bo'yicha bilim va ko'nikmalar bilan qurollantirish. 3. Aqli zaif bolalarni maxsus muassasalarga saralash ishlarni olib borish bo'yicha amaliy malakalarni shakllantirish. Kursning mazmuniga bolalarning rivojlanishdagi nuqsonlarni diagnostika qilish, bolalarni maxsus muassasalarga saralash prinsiplari, klinik-psixologik-pedagogik diagnostika (yoki tekshirish) metodlari, tibbiy pedagogik komissiya ishini tashkil qilish masalalari va maslahatlar berish va shu kabi komissiyalarda turli metodikalardan foydalanish kiradi. Bundan tashqari, aqliy zaiflikni o'xshash holatlardan, ayniqsa PRS dan, hamda nuqsonli rivojlanishi ta'lim-tarbiya jarayonida korreksiyalashning bazi usullari ko'rib chiqiladi. Mazkur kurs boshqa o'xshash fanlardan: oligofreniya klinikasi bilan bog'liqdir. Bu boladagi nuqson tuzilishni, rivojlanishdan orqada qolish sabablarini aniqlashga, to'g'ri diagnoz qo'yishiga imkon beradi. «Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi» kursi oligofrenopedagogika fani bilan ham bog'liqdir. Oligofrenopedagogika nuqson tizimini etiborga olish asosida bolalarga ta'lim-tarbiya berish jarayonida ularning tipologik, individual xususiyatlarini ko'rib chiqib korreksiyalashning samarali usullarini tanlashga yordam beradi. Logopediya fani bolaning nutqidagi nuqsonlarini aniqlash, logopedik tekshirishni amalga oshirish imkonini beradi. «Psixik va jismoniy rivojlanishda nuqsonga ega bo'lgan bolalar diagnostikasi» kursi aqli zaiflikni aniqlash, uni boshqa o'xshash holatlardan farqlash imkonini beradi, bu esa nazariy jihatdangina emas, balki muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Shuning uchun aqli zaiflikni to'g'ri tushunish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Nazariy ahamiyati shundaki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.5 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.5 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga