Psixika materiya evolyutsiyasining natijasi sifatida. Seskanuvchanlik va tropizmlar. Harakatning instinktiv shakllari. Harakatning individual shakllari. Intellektual xatti - harakatlar. Psixika - yuksak taraqqiy etgan materiyaning xossasi bo'lib, obyektiv olamni subyektiv aks ettirishdan iboratdir. Psixikaning moddiy asosi nerv sistemasi va bosh miya hisoblanadi. Shu sababli nerv sistemasining tuzilishini va qanday ishlashini bilmasdan turib, psixik hayot hodisalarini tushunib bo'lmaydi. Nerv sistemasining tuzilishi: Nerv sistemasi nerv to'qimasidan iborat, bu to'qima esa nerv hujayralaridan tashkil topgan. Nerv hujayrasi protoplazmadan tuzilgan tana bo'lib, ikki turli o'simtalari bor, bu o'simtalarning bir xillari kalta, boshqa bir xillari uzun bo'ladi. Kalta o'simtalari sertarmoq bo'lib, dendritlar deb ataladi. Uzun o'simtalari aksonlar yoki neyritlar deb ataladi. Har bir hujayrada bu o'simtalar ikkitadan ortiq bo'lmaydi. Neyrit ikkita parda bilan o'ralgan. Neyritga yopishib turadigan birinchi pardasi yog'simon parda bo'lib, uni et parda yoki mielin pardasi deb ataladi. Ikkinchi tashqi pardasini shvann pardasi deyiladi. Bu pardalar toladan o'tuvchi nerv qo'zg'alishini ajratib turuvchi izolyatsiyadek bir vazifani o'taydi. Neyrit, odatda, nerv tolasi, deb ataladi. Nerv hujayrasi Diffuz nerv sistemasi Odamning miyasining og'irligi o'rtacha - 1400 gr. maymunda - 500 gr., otda - 650 gr., ho'kizda - 500 gr., kitda - 2800 gr., filda - 400 gr. I.S.Turgenevning miyasi - 2012 gr.; I.P.Pavlovning miyasi - 1653 gr.; D.I.Mendelevning miyasi - 1571 gr.; A.Fransning miyasi - 1017 gr. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o'zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo'lishi mumkin. Tirik materiyaga o'tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o'zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo'ladi. Seskanuvchanlik tirik organizlarning biologik ahamiyatga ega bo'lgan (biotik) ta'sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan javob qilish usullariga tropizm yoki taksislar deb ataladi. Tropizmlar har xil bo'ladi: fototropizm - tirik organizmning yorug'lik ta'siri ostida harakatga kelishi; termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakatga qilishga moyilligi; xemotropizm - tirik organizmning malum fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo'lgan moyilligi; topotropizm - tirik organizmning mexanik qo'zgatuvchi ta'siri ostida harakatga kelishi va h.k. O'simliklar olamida aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat. Instinktlar hayvonlarning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qilinadigan murakkab tug'ma harakatlardir. Masalan: qushlarning in yasashda cho'p, loy tanlashi, o'rgimchaklarning to'qish san'ati. Asalari o'z kataklarida go'yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan quradi. Bundan tashqari asalarilarda bir-biriga xabar berish qobiliyati mavjud. Instinktlar bir qator moslashuv harakatlari tizmasidan iborat. Hayvonlarning individual harakatlari Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar hayotida, xususan sut emizuvchilarda xatti-harakatning yanada aynanroq aks ettirishga yordam beruvchi yangi, ildamroq ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 08:58:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 08:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: ppt