Psixika va aks ettirish xususiyatlari

Psixika va aks ettirish xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixika va aks ettirish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Psixika va aks ettirish xususiyatlari Reja: 1. Psixika haqida tushuncha 2. Aks ettirish psixologik muammo sifatida Psixologiya - miyada voqeylikning obrazi sifatida sodir bo'luvchi psixika haqidagi, psixik faktlar, qonuniyatlar va psixikaning mexanizmi tug'risidagi fandir, insonning shaxsiy xarakterga ega bo'lgan faoliyati voqeylikning miyadagi obrazi asosida va shu obraz yordamida qilinadi. Psixologiya sizi yunoncha «psyuxe», ya'ni jon va «logos», ta'limot degan ma'noni anglatadi. Sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, Iroda, xayol va boshqalarni psixika yoki psixik jarayonlar deb ataymiz.» Inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba'zan o'z-o'zimizni xam tushunmay kolamiz. Shunday qilib, psixologiya fani o'rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o'rganishning ikki jihati bor: bir tamondan, ularni o'rganish qiyin, ikkinchi tamondan oson xam, oxirgi jihati xusisida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o'zimizga berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavxum analogiyalar qilish shart emas, boshqa bir tamondan, ular o'zaro bir birlari bilan bog'lik va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo'ysunadi. Psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq atvori va turli faoliyatlarining o'ziga xos tamonlaridir, deb ta'riflash mumkin. Psixologiya konkert Fan sifatida psixik faoliyat qonuniyatlarini, uning ruy berishi mexanizmlari va omillarini o'rganuvchi fandir. Psixologiya yaxlit va mustaqil Fan sifatida odamlarda gumanistik meitalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo'nalishdagi muammolarni ma'lum ma'noda o'rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini takoza etadi. Yangi davr va psixologiya. Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlangan davrga sal kam 160 yil bo'ldi. Shu davr ichida juda ko'plab ilmiy tadqiqot natijalarini o'z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo'llanmalar yozildi. XX asr va uning erishilgan yutuklaridan eng muhimi shu bo'ldiki, texnika, elektronika va boshqa shunga o'xshash murakkab texnologiyalarni yaratgan inson va uning bevosita kundalik hayoti bilan bog'liq muammolar ko'payib borishi bilan xarakterlanadi. XXI asr bo'sag'asida juda koplab davlatlarda bolgani kabi dunyo xaritasida munosib orin olgan mustaqil O'zbekistonda xam barcha sohalarda tub islohatlar boshlandi. Bu islohatlarning barchasi inson omilini xar qachongidan xam yuqori saviyaga kotarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma'naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bogladi. Bundan inson va uning mukammalligi, oz ustida ishlashi, oz mukammalligi xususida qaygurishi muammosi xar qachongidan xam dolzarb masalaga aylandi. Psixologiya voqeylikning alohida sohasi bo'lgan psixik (yoki ruhiy) hayot sohasini o'rganadi. Har kimga ma'lum hodisalar sezgilarimiz ,idrok tassavurlarimiz, fikr, his intilishlarimiz va shunga o'xshashlar psixika hodisalari jumlasidandir. Shaxsning psixik va individual xususiyatlari deb ataladigan xususiyatlari; odamning temperamenti (mijoz), xarakteri (fe'l atvori), qobiliyati, ehtiyoji, mayl va havaslari xam psixika sohasiga kiradi. Psixik (ruhiy) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 392.44 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 392.44 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga