Psixika va kasalliklar

Psixika va kasalliklar

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixika va kasalliklar - rasmi

Material tavsifi

Psixika va kasalliklar Reja: Kasalliklarning paydo bo'lishida psixogen omillarning roli. Psixogeniyalar va samatogeniyalar. Nevroz holatining psixoin mixanizmi. Psixoz va uning turlari. Tayanch tushunchalar: Psixogeniya - organizmda va psixikada odatda shaxs uchun og'ir bo'lgan turli psixik jarohatlarni ta'siri ostida paydo bo'ladigan buzilishlar Samotogeniya - bular somatik kasalliklar tufayli kelib chiqadigan buzilishlar Nevroz - psixogen kasalliklar natijasida ro'y beradigan holat Reaktiv psixoz - ruhiy jarohatga yoki ko'ngilsiz hodisaga javoban vujudga keladigan psixotik pog'onadagi potologik jarayon. Ichki kasalliklar nima uchun inson psixikasiga ta'sir qiladi? Tibbiyot psixologiyasi psixik holatning somatik holatga va somatik kasalliklarning psixikaga ta'sirini o'rganishning o'z vazifalari qatoriga kiritadi. Psixik jarayonlar bilan organizmning o'zaro bog'liqligi psixologiya va tibbiyotning asosiy vazifalaridan biridir. Psixik omillar ta'siri ostida kelib chiqadigan kasalliklar psixogen kasalliklar yoki psixogeniyalar deyiladi. Psixogeniyalar -organizmda va psixikada odatda shaxs uchun og'ir bo'lgan turli psixik jarohatlarning ta'siri ostida paydo bo'ladigan buzilishlardir. Psixogeniya omillari ta'siri ostida somatik sohada quyidagi buzilishlar sodir bo'lishi mumkin. Me'da ichak trakti tomonidan-ko'ngil aynish, qusish, ichburug', qabziyat, anoreksiya (ishtahaning yo'qolishi); nafas olish a'zolari tomonidan-nafas siqilishi, nafas bo'g'ilishi, yo'tal: yurak-tomir sistemasida-arteriya bosimining psixogen ko'tarilishi, taxikardiya, bradikardiya, yurakda og'riq his qilish, yurak faoliyati maromining buzilishi. Psixik kasalliklar somatik sabablari tufayli kelib chiqadigan bo'lsa, ular samotogen kasalliklar yoki samotogeniyalar deb ataladi. Infeksiyalar, intoksikasiyalar, ichki a'zolarning kasalliklari ko'pincha, psixik buzilishlarning manbai hisoblanadi. Bu ko'proq yurak kasalliklarida, yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Ayrim hollarda psixogen omillar samotagen omillar Bilan qo'shilib, o'zaro bir-birini kuchaytirishi mumkin Nevroz qanday kelib chiqadi? Psixogen kasalliklarning hammadan ko'p tarqalgan formalari, nevrasteniya, isteriya va miyadan nari ketmaydigan xayol nevrozidir. Nevroz so'zi (grekcha - 'neyron' - nerB) so'zidan olingan bo'lib, psixogen kasalliklar, ya'ni oliy nerv faoliyati turmushdagi mushkul ahvollar va kechinmalarning psixikaga yomon ta'sir qilishi natijasida ro'y beradigan holatdir. Nevrozlar tasnifi uchun I.P.Pavlovning odam oliy nerv faoliyati tiplari to'g'risidani ta'limoti katta ahamiyatga ega. Nevrozlar ko'pincha nerv tizimi kuchsiz yoki muvozanatlashmagan kuchli tipdagi kishilarda vujudga keladi. Odam shaxsining o'zi va uning tarixiy rivojlanish davrida shakllangan butun xususiyatlari nevrozlarning vujudga kelishida muhim rol o'ynaydi. AyniqSA qiyin va uzoq davom etadigan mushkul vaziyatlar tug'ilsa shu mahalgacha soppa sog' yurgan odamlarda ham nevrozning hamma asosiy formalari, jumladan isteriya paydo bo'lishi mumkin. Biroq isterik xarakter ko'rinishidagi moyillik bo'lsa anna shunda ko'pincha isteriya kelib chiqadi. Isterik xarakter asosan odamning nozik qilib tarbiyalanib, turmushga moslashaolmaydigan, no'noq bo'lib qolishi natijasida shakllanib boradi. Nevrozning yana bir formasi nevrasteniyaning paydo bo'lishida xarakterdagi bir qator xususiyatlarni noto'g'ri shakllanishi sabab bo'ladi. Ota-onalar balalarn kuch va imkoniyatlarini hisobga olmay turib, muvaffaqiyat qozonishga undashi shu hildagi xarakter shakllanishiga imkon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.46 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:54 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.46 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga