Psixika va ongning rivojlanish tarixi Sport psixologiya fanining mazmuni haqida gapirish-dan oldin umuman «psixologiya» tushunchasining mohiyati, yani uning nimani «anglatishi» to'g'risida to'xtalib o'tsak. «Psixologiya» so'zi yunoncha bo'lib, «psixos»-ruh, jon; «logiya»-ta'limot degan manoni bildiradi. hozirgi vaqtda psixologiya fani juda keng tarmoqli fanlardan biriga aylangan Sport psixologiya ushbu fan tarmoqlaridan biri bo'lib, o'zining o'rganish obyekti-muammolari, usullari va qonuniyatlariga ega. Sport psixologiyasi fani shug'ullanuvchi sportchilar (o'quvchi va bolalar) va sport turlari bo'yicha jamoalar ichki olami, ruhiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo'lib, jismoniy tarbiya va sport faoliyati bilan bevosita bog'lik Shuni aytib utish kerakki, sport psixologiyasi nazariyadan ko'ra amalietga yaqinroq, yani shug'ullanuvchi sportchilar (o'quvchi va bolalar) o'z faoliyatida tuqnash keladi-gan muammolarni tahlil qilishga va hal etishga yo'naltirilgan. Shaxsiy tarkibni o'qitish va tarbiyalash shug'ullanuvchi sportchilar (o'quvchi va bolalar) faoliya-tining asosini tashkil etadi. o'qitish va tarbiyalash jarayonlari esa psixologik bilimlarga asoslanadi. Keling, yaxshisi buning nima ekanligiga etiborni qarataylik Shunda yuqorida aytilgan fikrni tushunish oson bo'ladi. ta'lim yoki o'qitish shunday jarayonki, bunda ta'lim oluvchilarda malum bilim, ko'nikma va malakalar shakllan-tiriladi yoki rivojlantiriladi. Shug'ullanuvchi sportchilarning (o'quvchi va bolalarning) faoliyatlarini yaxshilashga xizmat qiluvchi fazi-latlarni tarbiyalash, rivojlantirish tarbiya jarayonining asosiy maqsadi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va sport faoliyatini psixologik jihatdan samar.ali tashkil Qilish uchun bir kdtor talablarga javob berish kerak Bu talablar sport jamoalarning ichki qonuni bo'lgan umumjismoniy nizomlarda, dasturlarda o'z ifodasini topgan. Unga ko'ra har bir jismoniy tarbiya o'qituvchisi va sport murabbiyi (bolalar bog'chalarida uslubchi-o'qituvchi, ishlab chiqarish korxonalarida uslubchi-tashkilotchi) o'z qo'lostidagi shug'ullanuvchi sportchilarning (o'quvchi va bolalarning) individual-psixologik xususiyatlarini, shuningdek sport jamoada kechadigan ijtimoiy-psixologik hodisalarni bilishi va ular-ni boshqara olishi lozim. Inson psixikasi miya faoliyati natijasidan iborat. Psixika inson xulq-atvori va faoliyatiniig asosi bo'lib xizmat qiladi. Tashqi dunyoni inson ongida aks ettirish psixika-ning moqiyatini tashkil etadi. Masalan, musobaqa davri psixika vositasida musobaqalashuv qolatni to'g'ri baholash juda katta ahami-yatga ega. Psixologik aks ettirish natijasida inson ongida obyektiv dunyoning subyektiv obrazlari yaratiladi. Inson ruhiyati biosotsiologik xususiyatga, tabiatga ega; inson ruhiyatining malum bir belgilari biologik-irsiy yo'l bilan ota-onalaridan utadi, qolgan xususiyatlar esa ij-timoiy muhit shart-sharoitlari ta'siri ostida hayot faoliyati mobaynida qaror topadi. - Jismoniy tarbiya va sportdagi faoliyatining o'ziga xos xususiyatli sharoitlari quyidagi xususiyatlari bilan ifoda etiladi. Faoliyat predmeti sifatida odamning o'zi, sportchining o'zi xizmat qiladi. U faoliyatning faqat subyekti emas, balki obyekti ham hisoblanadi va faqatgina boshqa odamlar uchun emas (jismoniy tarbiya o'qituvchilari, murabbiylar, hakamlar, sheriklari va sportdagi raqiblari), balki o'zi uchun ham. - Jismoniy tarbiyada ham va sportda ham faoliyat tarbiyaning umumiy vazifasini hal etishga qaratilgan eng erta bolalik chog'idan boshlab ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:03:28
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.99 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:03 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.99 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:54 ]
Arxiv ichida: doc